So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  1 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  1 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

SHohruh Ishanov: "Yigitlarimda charchoq alomatini sezyapman" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Yigitlarimda charchoq alomatini sezyapman"

Pro-liganing 8-turi doirasida "Mashal" maydonidagi yirik mag'lubiyatdan so'ng "Andijon-SGS" bosh murabbiyi SHohruh Ishanov o'z fikrlarini bildirdi.

- "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamning o'yinidan qoniqmadim. Futbolchilarda charchoq sezildi. Sababi, balki, yo'l bo'lishi ham mumkin. So'nggi ikki golni hujumga berilib ketganimizdan keyin qarshi hujumdan o'tkazib yubordik. Keskin hujum uyushtirayotgan paytimizda ikki futbolchimiz xatolikka yo'l qo'ydi va qarshi hujumdan keyin gol qo'yib yubordik. 

- Kecha o'yinoldi mashg'ulotlarda jamoa yarim soat shug'ullandi. Buni charchoq alomatlari bilan bog'lasa bo'ladimi?

- Yo'q, aslida mashg'ulotimiz 1 soat 10 daqiqa davom etdi. Doim shunday mashg'ulot o'tkazamiz. O'yinni yigitlar bilan birga taxlil qilamiz va charchoq alomatlarini bilib olamiz. Qaerda xato qilganini o'zlari ham ko'rib chiqadi. Navbatdagi o'yinimiz 14 may kuni "Yunired"ga qarshi bo'ladi va bunga astoydil tayyorlanamiz.

- Birinchi golda jamoa himoyachisi xato qildi deb hisoblaysizmi?

- Albatta, himoyachi raqibini yon tomonidan to'sishi kerak edi. Raqib esa himoyachining orqasida paydo bo'lib qoldi va himoyachimiz raqibiga zarba berishi uchun imkoniyat berdi.

- Muborak shahri O'zbekistonning janubiy hududlaridan. Bu erda havo issiq. Issiq havoda esa chiroyli futbol ko'rsatish qiyin bo'ladi. Siz klubingiz rahbariyati bilan gaplashib, o'yin vaqtini kechroqqa surish borasida o'ylamadingizmi?

- Buni ko'rib chiqqandik, "Mashal"ning uy o'yinlari aynan shunday vaqtda boshlanmoqda. SHu sababli Andijonda ham issiqda mashg'ulotlar olib bordik va xuddi shunday holatga tayyorlandik. Iqlimga shu yo'l orqali moslashishga harakat qildik. 

- Bugungi o'yinda eng ko'p etirozni Abubakir Mo'ydinovga bildirdingiz.

- Yana bir marta aytaman, yigitlarda charchoq ko'ryapman. Oddiy to'p uzatmalari manzilga etib bormayapti. Ishlar noto'g'ri qilinyapti. Barchasini ko'rib chiqamiz va shogirdlarim bilan suhbatlashamiz.

- Qizil kartochkaga munosabatingiz qanday?

- Hakamni muhokama qilolmayman. Xushtagi o'zida, qarorni u chiqaradi. Penalti va qizil bormidi yo'qmidi, bilmadim. Yigitlar boricha tortishishdi. Meni ko'rishimda yo'q edi. Lekin qarorni hakam chiqaradi. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика