So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

SHohruh Ishanov: "Hakamning so'nggi xushtagi chalingunga qadar o'yinni tashlab yubormaslik kerak" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Hakamning so'nggi xushtagi chalingunga qadar o'yinni tashlab yubormaslik kerak"

Pro-liganing 6-turi doirasida "G'ijduvon" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Andijon-SGS" jamoasi bosh murabbiyi SHohruh Ishanov o'z fikrlarini bildirdi.


- "G'ijduvon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ilk daqiqalardanoq o'yindagi tashabbusni qo'lga olishga harakat qildik va gol urib oldik. Keyingi daqiqalarda esa yigitlarim engil o'yin ko'rsatishni boshladi va shu sababli uchta gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda butunlay boshqacha o'yin ko'rsatdik. O'yinni to'liqligicha nazorat qildik, biroq gol ura olmadik. Buni ustida ishlaymiz, albatta. 90 daqiqalikdagi o'yinda ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. 

- "G'ijduvon" jamoasi tajriba  evaziga g'alabani ilib ketdi deb o'ylaysizmi?

- Bizni bolalar ham yaxshi o'ynashdi. Ammo "G'ijduvon"dagi tajriba o'z so'zini aytdi, baribir. Tajribali hujumchi o'z ishini bajardi. Navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- "Andijon-SGS" ligadagi 15-golini o'tkazib yubordi. Bu borada nima deya olasiz?

- Gol urgandan keyin yigitlar o'yinni tashlab yuborishyapti, negadir. Buni ustida ishlashga harakat qilamiz. Hakamning so'nggi xushtagi chalingunga qadar o'ynashga intilamiz. 

- Jamoa oldiga vazifa qo'yilganmi?

- Albatta. Rahbariyat tomonidan har bir o'yinga g'alaba uchun chiqish vazifasi qo'yilgan. SHuningdek, Pro-ligada qolishimiz kerak. Yuqori o'rinlarga chiqish vazifasi qo'yilmagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика