So’nggi yangiliklar

23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  0 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  3 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  1

SHohruh Ishanov: "Endi bor etiborimizni Birinchi ligaga qaratamiz" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Endi bor etiborimizni Birinchi ligaga qaratamiz"

O'zbekiston kubogi 3-turi doirasidagi "Turon" – "Andijon II" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi SHohruh Ishanov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Avvalo, "Turon" jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, "SHo'rtan" bilan bahsdan keyin yordamchi murabbiylarimiz bilan birgalikda o'yinimizni ancha muhokama qilgandik. Bugungi o'yin uchun himoyaviy o'yinni tanladik. Mashg'ulotlarda shu asosida ish olib bordik, 

SHogirdlarimga o'yin uchun rahmat aytaman. G'alaba uchun harakat qilgandik, ammo o'yin oxirida bitta zarba orqali mag'lub bo'ldik. Bugun omad "Turon" tomonda bo'ldi. Endi bor etiborimizni Birinchi ligaga qaratamiz. 24 aprel kuni bizni "Nasaf-farm"ga qarshi bahs kutib turibdi.

- Abubakir Rejabboevning holati haqida malumot bera olasizmi?

- U jamoamizning muhim azosi, o'ng qanot himoyachimiz sanaladi. U bugungi kunda O'zbekiston U17, U18 terma jamoasida asosiy tarkib o'yinchisi. Holati hozirda yaxshi, hozirgi paytda shifoxonada bo'lib turibdi. Xudo xohlasa uni 2-turda maydonda ko'ramiz.

- "SHo'rtan" bilan bahs (0:3) bugungi o'yindan tubdan farq qilgandi. Buni qanday izohlaysiz?

 - Jamoalar bizga nisbatan juda kuchli. Biz katta futbolga endigina kirib keldik. Yigitlar sekin-asta o'zlarini ko'rsatishmoqda. "SHo'rtan" bilan uchrashuvda himoyaviy o'yin ko'rsatishni reja qilgandik, ammo oldinga tashlanib, tavakkal o'ynaganimiz pand bergandi. Bugun muxlislarbop o'yin bo'ldi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика