So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  2 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Shirinboy Abdullaev: "O'zimizning xatomiz tufayli mag'lub bo'ldik" Yangiliklar

Shirinboy Abdullaev: "O'zimizning xatomiz tufayli mag'lub bo'ldik"

"Buxoro" jamoasi posboni Shirinboy Abdullaev Superliga-2025 dastlabki bahsi OKMK - "Buxoro" (2:1) o'yini haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- "Buxoro" jamoasi mavsumdagi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi. Dastlabki taassurotlar qanday? "Buxoro" mag'lubiyatga uchrashga loyiq edimi?

- Biz mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi bahs ham ancha yaxshi o'tdi. Birinchi o'yin bo'lgani uchun ikki jamoada ham hayajon sezildi. O'zimizning xatomiz tufayli mag'lubiyatga uchradik. Keyingi bahslarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz. Bugun ikki jamoa ham durangga munosib o'yin namoyish etgandi. Bahs so'ngida esa xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik. O'sha vaziyatda fol bor edi deyishmoqda. Tez orada ushbu holat bo'yicha yakuniy qarorni bilib olamiz. Durangga loyiq o'yin ko'rsatgan edik, nazarimda.

- OKMK tarkibi jihatidan "Buxoro"dan kuchliroq jamoa. "Buxoro"ning keyingi raqibi esa "Qizilqum" bo'ladi. Bugungi mag'lubiyat "Qizilqum"ga qarshi bahsdan oldin salbiy tasir o'tkazmaydimi?

- OKMK o'tgan mavsumda kumush medallarini qo'lga kiritgandi. Biz bugun yaxshi qarshilik ko'rsatdik, ulardan yomonroq o'ynaganimiz yo'q. "Qizilqum" bilan o'z uyimizda o'ynaymiz va yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonishga intilamiz.




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика