So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

SHerzod Rayimjonov: "Neftchi" Turkiyada xorijiy yig'in o'tkazishni rejalashtirmoqda" Yangiliklar

SHerzod Rayimjonov: "Neftchi" Turkiyada xorijiy yig'in o'tkazishni rejalashtirmoqda"

Farg'onaning "Neftchi" klubi sport direktori SHerzod Rayimjonov yangi mavsumga tayyorgarlik haqida gapirib berdi.

“Qura bu qura. Unga ko'ra yangi mavsumni safarda “SHo'rtan”ga qarshi o'yin bilan boshlaymiz. G'uzordagi stadion maydoni yaxshi holatda bo'ladi deb o'ylayman. Ikkinchi turni esa o'z uyimizda “Paxtakor” bilan o'tkazamiz. Ochilish o'yini bu muxlislarimiz uchun haqiqiy bayram bo'ladi. Qisqa qilib aytganda ilk turlardan bizni jiddiy o'yinlar kutmoqda. Ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Mavsumni ijobiy kafiyatda boshlashga ko'p narsa bog'liq. 

Yangi mavsumga tayyorgarlikka kelsak Yangi yil bayramiga qadar 10 kun Farg'onada shug'ullanamiz. Jamoamiz 4 yanvar kuni Toshkentga kelib tibbiy ko'rikdan o'tadi. 5-10 yanvar kunlari Farg'onada yig'in o'tkazamiz. Keyin 12-25 yanvar oralig'ida Toshkentda yig'in olib boriladi. Bu yig'in doirasida 5ta o'yin o'rtoqlik o'yini rejada bor. 29 yanvardan 9 fevralga qadar Farg'onada Hokim kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi. Tashkilotchilar bu yilgi musobaqani xalqaro darajaga olib chiqishmoqchi. Qirg'iziston, Tojikiston klublariga takliflar yuborilgan. “Qizilqum” va “Mashal” klublari ham taklif etilgan. 

Hokim kubogidan so'ng 12 fevraldan ikki hafta davomida Turkiyada xorijiy yig'in o'tkazishni rejalashtirib turibmiz. Agar barchasi yaxshi bo'lsa “Neftchi” bu yil xorijda yig'in olib boradi. Turkiyadan qaytib kelgach mart oyi boshida Farg'onada o'z bazamizda birinchi turdan o'rin olgan “SHo'rtan” bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz”, - deydi “Neftchi” klubi sport direktori SHerzod Rayimjonov.  


SaytimizningFacebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика