So’nggi yangiliklar

21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  25 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  2 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  41 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  18 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

SHerzod Hakimov: "Neftchi"ga yordam berish uchun jonajon jamoamga qaytdim" Yangiliklar

SHerzod Hakimov: "Neftchi"ga yordam berish uchun jonajon jamoamga qaytdim"

PFL va "Championat.asia" sayti hamkorligida o'tkazilgan eng yaxshilarni aniqlash so'rovnomasiga ko'ra iyul oyining "eng chiroyli goli" muallifiga aylangan "Neftchi" azosi SHerzod Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Tabiiyki, “Neftchi”dan ketganimdan so'ng futbolchilik faoliyatimni yana davom ettirdim. Qaysidir jamoadan ketsangiz bu xayot to'xtab qolganini anglatmaydi. Pro-liga klubida ham o'z ustimda ishlashda davom etdim. Hammasiga futbolga bo'lgan mehrim va munosabatim sabab bo'ldi, deyishim mumkin. “Neftchi”ga qaytishim borasida gapiradigan bo'lsam, ushbu jamoa men uchun qanday qadrli ekanligini barcha muxlislar yaxshi bilishadi. Boshqa klubda to'p surishimga qaramay, “Neftchi”ning o'yinlarini muntazam kuzatib bordim, hech qachon ularga befarq bo'lmadim. Joriy mavsumda jamoamiz muxlislar kutgan natijalarini qayd eta olmayapti. SHu sababdan yana o'z gollarim bilan “Neftchi”ga yordam berish maqsadida jonajon jamoamga qaytdim".

- "Kiritgam golimni keng jamoatchilik etirof etganidan xursand bo'ldim. O'sha vaziyatda Murod Bobojonov meni ajoyib uzatma bilan taminlagani bois yaxshi vaziyatga ega bo'ldim. SHu boisdan ham golda jamoadoshim Murod Bobojonovning hissasi katta bo'ldi. Men xar bir o'yinda gol urib, “Neftchi”ning g'alabasi uchun borimni berishni istayman".

- "To'g'risini aytadigan bo'lsam, o'sha golni jamoam g'alabasiga almashgan bo'lardim. CHunki har bir futbolchi aslida jamoa manfaatini ko'zlab o'ynaydi va tabiiyki "Neftchi"ning g'alabasi har qanday golimdan ustunrok turadi. Jamoaviy o'yinda golni kim yoki qanday kiritishi muhim emas. Asosiysi - g'alaba. Afsuski, “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda yaxshi o'yin namoyish etishimizga qaramay, yakunda mag'lub bo'lgandik. Biz doim olg'a boramiz va bo'lajak bahslarning barchasida faqat g'alabani ko'zlagan holda maydonga chiqamiz", - dedi iyul oyining eng chiroyli goli muallifi SHerzod Hakimov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика