So’nggi yangiliklar

08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  1 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  5 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  43 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104

SHerali Boboqulov: "Bugun biz g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

SHerali Boboqulov: "Bugun biz g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi"

Ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston superkubogi javob uchrashuvi (“Sevinch”-“Metallurg” 1:1)dan keyin “Geolog” stadioni anjumanlar zalida har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanida dastlab “Metallurg W” jamoasi bosh murabbiyi SHerali Boboqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

SHerali Boboqulov:

- Bugungi uchrashuv juda muhim uchrashuv edi. O'ylaymanki, bahs teng kurashlar ostida o'tdi. Dastlabki daqiqalardagi imkoniyatdan foydalanganimizda bugun g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

- Jamoaning mahoratiga qoyil qoldik. Ancha tajribali bo'lgan “Sevinch” jamoasi bilan teng o'yin ko'rsatishdi. Oldingi o'yindagi yirik mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?

- Biz o'z stadionimizda ham yomon o'ynamagandik. Faqat ikki bor darvozabonimizning yo'l qo'ygan qo'pol xatolari yakunda yirik mag'lubiyatimizga sabab bo'lgandi. SHuningdek o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida ortiqcha bosim ostida to'p surgandik. Biz ruhiy bosimni ko'tarolmadik.

- Maxfuza Turopova o'tgan mavsum “Sevinch” jamoasi tarkibida chiroyli o'yinlari bilan tanilgandi. Bugun u “Metallurg-” tarkibida yaxshi o'ynay olmadi.
- Maxfuza o'tgan mavsum davralar oralig'ida jarohat olib mavsum oxirigacha futbol o'ynay olmagandi. Bugun u maydonda harakat qilgan bo'lsa-da to'la sog'ayib ketmagan. Biz uning tajribasiga suyangan holda bugun maydonga tushirishga tavakkal qildik.

- Nargiza Abdurasulovani nega zaxiraga oldingiz?
- Rejamizda uni ertaroq almashtirish turgandi. Sababi uning o'rniga tushgan futbolchi ham tezkor ham o'z texnikasiga ega yosh futbolchi hisoblanadi. Bizga bugun Nargiza o'z tajribasi bilan yordam berishiga umid qilgandik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика