So’nggi yangiliklar

14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  3 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  4 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  14 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  11 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   29 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  19 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3

SHenol Gunesh O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qaydnomani elon qildi. Unda Yilmaz ham, CHalxanoglu ham bor Yangiliklar

SHenol Gunesh O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qaydnomani elon qildi. Unda Yilmaz ham, CHalxanoglu ham bor

Bugun, 2 iyun sanasida Turkiya va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

Biroz avval etiboringizga turklar bosh murabbiyi SHenol Gunesh va futbolchi Merih Demiral ishtirokidagi matbuot anjumanini havola etgan edik.

Biroz avval Turkiya futbol federaciyasi matbuot xizmati bugungi bellashuv uchun Gunesh ajratib olgan o'yinchilardan iborat qaydnomani elon qildi. Undan jami 31 nafar o'yinchi joy olgan.

Turkiyaning O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Mert Gyunok ("Bashakshehir"), Gokxan Akkan ("Rizespor"), Sinan Bolat ("Antverpen", Belgiya), Ugurchan CHaqir ("Trabzonspor").

Himoyachilar: Mehmet CHelik ("Lill", Franciya), Nazim Sangare ("Antalyaspor"), CHog'lar Soyunchu ("Lester", Angliya), Kaan Ayhan ("Fortuna", Germaniya), Merih Demiral ("Sassuolo", Italiya), Jengiz Umut Merash ("Bursaspor"), Emre Toshdemir ("Galatasaroy"), Hasan Ali Kaldirim ("Fenerbaxche").

Yarim himoyachilar: Abdulqodir Omur ("Trabzonspor"), Jengiz Under ("Roma", Italiya), Deniz Turuch ("Qayserispor"), Dorukxon Tokoz ("Beshiktosh"), Efechan Karacha ("Alanyaspor"), Emre Belozog'lu ("Bashekshehir"), Ifran Jan Qahvechi ("Bashekshahir"), Mahmut Tekdemir ("Bashekshehir"), Og'uzxon Ozyakup ("Beshiktosh"), Okay Yokushlu ("Selta", Ispaniya), Ozan To'fon ("Alanyaspor"), Yunus Malli ("Volfsburg", Germaniya), Yusuf Yazichi ("Trabzonspor"), Hoqon CHalxonoglu ("Milan", Italiya), Umar Ali SHahiner ("Konyaspor").

Hujumchilar: Burak Yilmaz ("Beshiktosh"), Enes Unal ("Valyadolid", Ispaniya), Guven Yalchin ("Beshiktosh"), Kenan Karaman ("Fortuna", Germaniya).

Qizig'i, kecha Gunesh o'ynamaydi deb nomini sanagan futbolchilardan Burak Yilmaz va Hoqon CHalxanoglu qaydnomaga kiritilgan. SHuningdek, hali soppa-sog' emas deb aytib o'tgan futbolchilari Hasan Ali, Mahmut Tekdemir va Okay Yokushlu ham kengaytirilgan ro'yxatdan joy olgan. Faqatgina "Everton" hujumchisi Jenk Tosun va "SHtutgart" himoyachisi Ozan Kabak murabbiy kecha aytganidek qaydnomada ham yo'q. Demak, bugun O'zbekistonga qarshi Tosundan boshqa barcha kuchli o'yinchilar tushishi mumkin.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика