So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  3 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

SHelvi "SHeffild"ga g'alati gol urdi: Hamma to'xtab qolganiga qaramasdan Jonjo darvozani ishg'ol qildi va u hisobga olindi Yangiliklar

SHelvi "SHeffild"ga g'alati gol urdi: Hamma to'xtab qolganiga qaramasdan Jonjo darvozani ishg'ol qildi va u hisobga olindi

"Nyukasl" sardori Jonjo SHelvi o'tgan hafta "Manchester Siti"ga qarshi bahsda qahramonga aylangan bo'lsa, kecha "SHeffild" darvozasiga g'alati gol urdi.

70-daqiqada Endi Kerrollning bosh bilan bergan pasidan so'ng SHelvi darvozabon Din Xenderson bilan birga-bir chiqdi. Lekin "SHeffild" futbolchilari yarim himoyachi ortidan yugurishmadi - laynsmen bayroqchasini ko'tarib, pas bergan Kerrollda ofsayd borligini ko'rsatdi. Xatto Endining o'zi ham bunga ishondi.

Biroq uchrashuvda qarorni bosh hakam qabul qiladi va u "SHeffild" futbolchilariga xushtakkacha o'ynash kerakligini ko'rsatdi. Styuart Ettuell laynsmenga etibor qaratmadi va SHelvi hujumni yakunlashini kutdi: Jonjo raqib jarima maydonchasigacha borib, darvozani ishg'ol qildi.

Keyin VAR ishga tushdi: hakamning video yordamchilari Kerrollning ofsaydini tekshira boshlashdi. Lavhada qoida buzilmagan ekan: "SHeffild" futbolchisi orqaroqda turgani ko'rindi.


Gol hisobga olindi.

"Nyukasl" 2:0 hisobida g'alabaga erishdi va ochkolar borasida "SHeffild"ga etib oldi (ikkala klub ham jadval o'rtasida).

TAS-IX emas



"Mavsum boshida vaziyat yakunlanmaguncha yon hakam bayroqchasini ko'tarmaydi deyishgan edi. Ammo u bayroqchasini ko'tardi va referi xushtak chalmoqchi edi. Maydondagi hamma to'xtab qoldi, xatto SHelvi ham.


O'yin o'zgarib ketdi. Endi bu men 16 yoshimda o'ynashni boshlagan o'yin emas. Unda katta o'zgarish ro'y berdi. Buning hammasi nima bilan tugashini bilmayman, biroq bu narsalar men va muxlislarning "qonini ichmoqda" - deya etiroz bildirdi "SHefilld" ustozi Kris Uaylder.


Uaylderni tushunish mumkin - VAR ishga tushirilganidan so'ng yon hakamlar ishonchi 100% komil bo'lmasa, rostdan ham bayroqchasini ko'tarmasligi kerak edi. Bu xatto UEFA prezidenti Aleksandr CHeferinga ham yoqmaydi: "Angliyada hakamlar bazi vaziyatlarni VAR orqali tekshirishmaydi. Italiyada bunga yarim soat sarflashadi. Men hech qachon bu tizimning muxlisi bo'lmaganman. Endi qanot hakamlari bayroqchani ko'tarishmayapti, shunchaki kutishmoqda. Futbolchilar esa golni nishonlamay, kutishyapti".


Endi "SHeffild" futbolchilari yangi qoidalarni doimo yodda tutishadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика