So’nggi yangiliklar

18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  0 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

SHavkat Mirziyoev O'zbekiston U-23 terma jamoasini Osiyo chempionligi bilan tabrikladi Yangiliklar

SHavkat Mirziyoev O'zbekiston U-23 terma jamoasini Osiyo chempionligi bilan tabrikladi

Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati g'olibiga aylanishdi.

Futbolchilarimizning chiroyli g'alabasidan so'ng mamlakatimizning muhtaram prezidenti SHavkat Mirziyoev O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azolarini g'oliblik bilan qutladi.

Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib o'tgan futbol bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati g'oliblari – O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolariga

Aziz farzandlarim!

Qadrli ustoz va murabbiylar!


Barchangizni futbol bo'yicha Yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatining final bosqichida g'oyat og'ir va noqulay ob-havo sharoitida tom manoda matonat va jasorat namunasini namoyon etib, g'oliblikni qo'lga kiritganingiz bilan o'z nomimdan, ko'pmillatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.

Sizlar qo'lga kiritgan mislsiz bu g'alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag'ishlab, O'zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko'rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo'shadi.

El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi o'g'lonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi.

Barchangizni bag'rimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik,
kuch-g'ayrat, jonajon O'zbekistonimizning shon-shuhratini dunyoga tarannum etishda doimo yutuq va zafarlar yor bo'lishini tilayman.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

SHavkat Mirziyoev



Odiljon Hamrobekov - U-23 Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi!

O'zbekiston U-23 Osiyoni zabt etdi!

Reyting: +467   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика