So’nggi yangiliklar

00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   33 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  219 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0

SHavkat Ahmedov: "Yigitlarimizdagi ishtiyoq yuqori bo'lgani uchun ham "Buxoro"ni mag'lub etdik" Yangiliklar

SHavkat Ahmedov: "Yigitlarimizdagi ishtiyoq yuqori bo'lgani uchun ham "Buxoro"ni mag'lub etdik"

O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichida Uychi tumanining "Xotira-79" jamoasi o'z maydonida oliy liga vakili "Buxoro"ni qabul qilib uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Mazkur g'alaba uychilik ashaddiy ishqibozlarni behad quvontirib yuborgani aniq. O'yindan so'ng "Xotira-79" jamoa murabbiyi SHavkat Ahmedov bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.  

- Uchrashuv qiziqarli va teng kurashlar ostida o'tdi. Jang asosan maydon markazida kechdi. Raqib jamoada gol urish uchun 2-3ta xavfli vaziyatlar bo'ldi. Oliy liga jamoasi baribir kuchli ekanligi uchrashuv davomida yaqqol ko'zga tashlandi. Tarkibida mahoratli o'yinchilar borligi uchun ham taktik va texnik jihatdan ular ajralib turdi. "Buxoro" futbolchisi penaltidan unumli foydalana olmadi. Omad esa bizga kulib boqdi.

- Ushbu g'alabamizning zamirida bosh murabbiy Usmon Asqaralievning xizmatlari yotganini alohida takidlab o'tmoqchiman. Sababi tajribali murabbiyning bilim va mahorati evaziga jamoamiz barqarorlik sari dadil odimlamoqda. Yigitlarimizning o'sishga erishayotganida ham aynan ushbu mutaxassisning mehnati bor ekanligini aytib o'tish kerak.

- Oliy liga klubini Kubok bahslarida mag'lub etish har qanday birinchi liga jamoasi uchun yoqimli bo'lishi tabiiy. Biz ham bundan xursandmiz. Stadionimizni to'ldirib o'tirgan muxlislar o'z uylariga mamnuniyat bilan bilan qaytishlarini ko'rishning o'zi quvonchlidir.

- Yigitlarimizning ko'zida o't yonib turgani va ularda g'alabaga bo'lgan ishyotiyoqning yuqori bo'lgani tufayli ham g'alaba qozondik deb hisoblayman.

- Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Islombek Isoqjonov haqida nima deyishim mumkin? Bu yigitda gol urishni oldindin his qilish qobilyati mujassam. Qolaversa Isoqjonov uchun mavsum omadli boshlandi va u ketma-ket har o'yinda raqib posbonlarini ranjitib kelmoqda. Iqtidorli hujumchi o'tgan mavsum Buxoroning "Spartak" jamoasida o'ynagandi. Aslida u To'raqo'rg'onlik bo'lib, Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsum oldidan Islombekni tarkibimizga qo'shib oldik. Umid qilamanki u mavsum davomida hali yana ko'plab gollarga mualliflik qiladi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика