So’nggi yangiliklar

15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  1 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  22 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  7 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  4 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   33 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  66 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5

SHarmandalik! Hakam Evropa ligasida jiddiy xatoga yo'l qo'ydi Yangiliklar

SHarmandalik! Hakam Evropa ligasida jiddiy xatoga yo'l qo'ydi

Kecha Evropa ligasi guruh bosqichining 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ushbu bahslarning birida hakam tomonidan jiddiy xatoga yo'l qo'yildi. "Roma" - "Borussiya" M o'rtasidagi o'yin 1:0 hisobida yakunlanayotgan edi. Qo'shib berilgan daqiqalarda shotlandiyalik referi Uilyam Kollam to'p "Roma" himoyachisi Kris Smollingning qo'liga tegdi deb hisoblab, mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi va hisob tenglashdi.

Takroriy lavhalarda to'p Smollingning qo'liga yaqin ham kelmagani, faqat yuzga tekkani ko'ringan. Futbolchi shuni isbotlashga urindi, ammo hakam qarorini o'zgartirmadi.




Menxengladbax klubi ushbu voqeaga o'zgacha reakciya bildirib, "tvitter"ga boshi qo'ldan tashkil topgan multfilm qahramonini suratini joyladi.

"95-daqiqada bunday penalti berish mumkin emas. To'p Smollingning yuziga tegdi, o'sha erda iz qoldi. Bunday jiddiy xatoni hazm qilib bo'lmaydi. U natijani to'liq o'zgartirib yubordi. Biz ikki ochko yo'qotdik".


"Borussiya" ustozi nima deganini bilasizmi? "O'sha vaziyatda menimcha to'p qo'lga tegmadi, ammo nima ham qilardik. "Roma" muxlislarining g'azabini tushunib turibman, men bunday penalti qo'ymagan bo'lardim. Biroq Zanolo burchakdan gol urishidan avval ofsayd bo'lgan edi" - deydi Marko Roze.


Hakam uchrashuvdan so'ng "Roma" vakillari bilan suhbatda xato qilganini tan olib, kechirim so'radi. Ammo ochkoni qaytarib bergani yo'q.

Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика