Shahboz Jo'rabekov: "Turnir jadvaliga 4-5 turdan so'ng qarash kerak. Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi"
15 mar 15:08
Yangiliklar
Shahboz Jo'rabekov: "Turnir jadvaliga 4-5 turdan so'ng qarash kerak. Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi"
Uchrashuvdan so'ng "Buxoro" futbolchisi Shahboz Jo'rabekov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barcha muxlislarni yangi mavsum va ramazon oyi bilan tabriklayman. Superligani yaxshi boshlagan edik. OKMK bilan so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborganimiz qimmatga tushgandi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqardik. Uch ochko suv va havodek zarur edi. Masuliyatni his qilgan holda barchamiz murabbiylar ko'rsatmasini bajardik. Muhimi muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Bizga ishongan barchaga rahmat. Bu hali boshlanishi. Yanada yorqin g'alabalarimiz oldinda. Mazkur g'alaba o'zimizga ishonchni oshirishi shubhasiz.
Chempionat boshlanishida hamma jamoalar teng holatda bo'ladi. Eng yaxshisi 4-5 turdan so'ng jadvalaga qarash kerak. O'sha vaziyatda kuchli va kuchsiz jamoalar ajralib chiqadi. Hozircha tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olamiz va keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni boshlaymiz",- deydi Shahboz Jo'rabekov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar