So’nggi yangiliklar

16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  1 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  4 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  9 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  12 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0

SHahboz Beg'amovdan bugungi o'yinlarga prevyu Yangiliklar

SHahboz Beg'amovdan bugungi o'yinlarga prevyu

Bugun O'zbekiston Superligasi 6-tur doirasidagi ikki o'yin bo'lib o'tadi.

«Bunyodkor» — «Olimpik»

— Quvnoq «Bunyodkor» futbol o'ynashni yaxshi ko'radi va raqibga ham bemalol futbol o'ynashiga qo'yib beradi. Farg'onada rosa omadli bo'ldi o'yini. «Neftchi» bosdi, gollarni «Bunyodkor» urib ketdi. Ko'pchilik «Bunyodkor»ni yosh deydi, lekin tarkib optimal balanslashgan: 5 legioner va tajribali futbolchilar jamlanmasi mavjud. «Olimpik» elitada yomon ko'rinmayapti, shunchaki g'alaba masalasi cho'zilmoqda. Kapadze futbol o'ynashni xush ko'radi va bugungi raqibi bilan bu borada yaxshigina bellashadi. Taktik rang-barang bo'lgan Kapadze «Olimpik»ni ilk g'alabaga etaklashi uchun juda qulay fursat, menimcha. Gollarga boy, haqiqiy quvnoq futbol tomosha qilsak ajab emas. Imkoniyatlar teng. «Bunyodkor» jamoa sifatida zo'r, o'yiniga 5 baho. Lekin himoya chizig'idagi kamchiliklar hujumdagi samarali harakatlar orqali berkinib qolmoqda. Kapadze aynan taktik taraflama pishiqroq bo'lgani uchun «Bunyodkor»ning bu kamchiligini yuzaga chiqaradi, degan fikrdaman va shu bois imkoniyatlarni tenglashtirib baholayman. Xullas, yaxshi futbol ko'rsak kerak, Xudo xohlasa.


«Dinamo» — «Neftchi»

— Mavsum startini omadsiz boshlagan jamoalar. Rogan «Dinamo»da o'z uslubini joriy qilish arafasida. Albatta buning uchun vaqt talab etiladi. «Dinamo» standart vaziyatlariga alohida urg'u qaratadigan va qarshi hujumda xavfli jamoaga aylanmoqda. Asosiy falsafa - himoyani mustahkam ushlash. O'tgan o'yinlarda hech bir o'yinda «Dinamo» yomon o'ynamadi, shunchaki natija borasida oqsadi. Natija keladigan darajaga chiqish uchun vaqt talab qilinishi aniq. O'tgan tur natija ham berdi. «Neftchi» esa ilk o'yinda g'alabaga erishib, qolgan uchrashuvlarni o'yin taraflama yorqin o'tkazib, biroq natija taraflama chuqurlikka tushdi. «Paxtakor» bilan munosib o'ynadi, «So'g'diyona»dan kuchli o'ynab, 5-6ta yaqqol vaziyatlar yaratib gol urolmadi. «Qizilqum» bilan o'rtacha, lekin yirik mag'lubiyatga loyiq o'ynamadi. «Bunyodkor»dan ancha ustun o'ynab, tabloda ustunlikni boy berdi. O'yin tashkillashtirish masalasida zo'r, lekin natija bobida juda sust o'ynayotgan jamoa o'rta balansni topishi va o'sha nuqtani ushlashi kerak. Aks holda buyog'iga jadvalda ham pastda qolib ketishi xavfi yuqori. «Neftchi»da yarim himoya kuchli, himoya yoki darvoza chizig'i borasida keskin aksincha fikr. Hujumdagi realizaciya foizi daromad solig'idan ham past ko'rsatkichda.

Bugungi o'yin «Neftchi» uchun finalga teng. Lekin raqib anoyi emas, mavsum startidan farqli ravishda ancha pishgan va Superligada istalgan jamoaga haqiqiy «bosh og'riq»qa aylanadigan «Dinamo». Bu o'yinda ham imkoniyatlar deyarli teng. «Neftchi» darvozabonlari (eng kuchsiz tarafi ham shu)  «Dinamo» bilan ayniqsa standart vaziyatlarida «qovun» tushirmasa kamida ochko bilan ketadi. Aks holda quruq qo'l bilan qaytadi…


SHAHBOZ BEG'AMOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика