So’nggi yangiliklar

13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  2 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  14 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  3 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  13 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  6

SHackixsiz o'tgan va Eronning hozirgi ustozi maydondan chetlatilgan Osiyo kubogi uchrashuvini yodga olamiz Yangiliklar

SHackixsiz o'tgan va Eronning hozirgi ustozi maydondan chetlatilgan Osiyo kubogi uchrashuvini yodga olamiz

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv 2007 yilgi Osiyo kubogiga to'g'ri kelgan. "S" guruhida ikki termadan tashqari Xitoy va Malayziya jamoalari ham o'rin olgandi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston terma jamoamiz mazkur uchrashuvga jiddiy yo'qotishlar bilan tashrif buyurgandi. Jumladan, jamoaning asosiy hujumchisi Maksim SHackix saralash bosqichining so'nggi o'yini bo'lgan — Qatarga qarshi o'yinda qizil kartochka olgani sababli bahsni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan bo'lsa, markaziy himoyachi Asror Aliqulov turnir avvalida Janubiy Koreyadagi yig'in davomida jarohat olib, O'zbekistonga qaytib ketishga majbur bo'ladi. SHu sababli Rauf Iniliev uning o'rniga Xayrulla Karimovni joylashtiradi.

"Bukit Jalil"dagi bellashuvda ilk xavfli vaziyatni o'zbekistonliklar yaratdi. 5-daqiqada Vitaliy Denisovning uzatmasidan so'ng ikki himoyachi bilan kurashda engib chiqqan Timur Kapadze bosh bilan raqib darvozasiga zarba berdi, ammo bu darvozabon uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

Oradan ikki daqiqa o'tgan, Ali Karimining uzatmasidan so'ng Vohid Hoshimiyan o'z omadini sinab ko'radi, ammo Bugalo hushyorlikni yo'qotmaydi.

16-daqiqada esa hisob ochildi. Vitaliy Denisov raqib hujumni qaytarish uchun to'pga kuchli zarba yo'lladi va bu qarshi hujumga aylanib ketdi. To'pni o'z posboniga oshirmoqchi bo'lgan "Livorno" himoyachisi Rahmon Rizoiy esa xatoga yo'l qo'yib, o'z darvozasini ishg'ol qildi.

Oradan 8 daqiqa o'tib, o'zbekistonliklar ikkinchi golni urishi mumkin edi. Jeparovning jarimadan uzatgan to'piga Kapadze bosh bilan zarba yo'lladi, ammo to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'limda esa eronliklar tashabbusni qo'lga oldi. 55-daqiqada Mehdi Mehdavakiyaning burchak uzatgan to'pini Jalol Husayni bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi.

Umuman olganda, ikkinchi bo'lim davomida Bugalo eronliklarning ko'pgina hujumi golga aylanishiga yo'l qo'ymadi.

72-daqiqada Timur Kapadze Jeparovning pasidan so'ng raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib boradi, ammo uning zarbasini eronliklar posboni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

SHunga qaramay, Eron terma jamoasining bosimi oxir-oqibat o'z samarasini berdi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Javod Kozimian 78-daqiqada jamoadoshining ajoyib uzatmasidan so'ng o'z ismini tabloga yozib qo'ydi.

Uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi va Eron 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi.

Darvoqe, o'yin oxirida zaxiraga hakami suv idishini uloqtirgani uchun Eron bosh murabbiyi Amir G'alinoi bosh hakam tomonidan chetlatildi.

Osiyo kubogi-2007

Eron — O'zbekiston 2:1

"Bukit Jalil" stadioni, 5,938 tomoshabin. Kuala-Lumpur, Malayziya.

Bosh hakam: Saad Komil ad Fadli (Kuvayt)

Gollar: Jalol Husayni (55), Javod Kozimian (78) — Rahmon Rizoiy (avt. 16)

Eron: 1.Hassan Rudbarian, 5.Rahmon Rizoiy, Said Jalol Husayni, 7.Faridun Zandi, 2.Mehdi Mehdavakiya, 6.Javod Nekunam, 4.Andranik Temuryan, 8.Ali Karimi (15.Hodi Ag'ili, 90), 10.Rasul Hatibi (17.Javod Kozimian, 46), 16.G'ulomrizo Inoyati, 9.Vohid Hoshimiyan (11.Mehrzod Madanchi, 73)

Bosh murabbiy: Amir G'alinoi

O'zbekiston: 1.Pavel Bugalo, 2.Xayrulla Karimov, 19.Islom Inomov, 23.Vitaliy Denisov, 17.Aleksey Nikolaev, 7.Aziz Haydarov (13.Hikmat Hoshimov, 61), 18.Timur Kapadze, 8.Server Jeparov, 4.Aziz Ibragimov, 9.Pavel Solomin (11.Marat Bikmaev, 64), 10.Ulug'bek Bakaev (15.Aleksandr Geynrix, 81)

Bosh murabbiy: Rauf Iniliev

Ogohlantirishlar: Andranik Temuryan (49), Mehdi Mehdavakiya (77) — Islom Inomov (81)

O'yindan keyin O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Rauf Iniliev yo'qotishlar uchrashuvga tasir o'tkazganini aytdi.

"Aliqulovning tarkibda yo'qligi bugungi himoyadagi asosiy muammomiz bo'ldi. Himoya markazida bir nechta qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik, agar u maydonda bo'lganida, bunday xatolarga yo'l qo'ymasdik. Asror bugun himoyadagi muayyan muammolardan bizni qutqarib qolgan bo'lardi. Albatta, birinchi o'yin har qanday jamoa uchun qiyin bo'ladi. Ayniqsa, raqibingiz Eron terma jamoasi bo'lsa. Lekin bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, Hisob teng vaqti Timur Kapadze qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Agar u gol urganida, natija butkul boshqacha bo'lishi mumkin edi. Keyingi bosqichga chiqish uchun hali imkoniyatimiz etarlicha. Bugun kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Eron g'alabaga haqli edi. Maksim SHackix maydonda bo'lganida, g'alaba qozonishimizga yordam berishi mumkin edi. Har holda qolgan ikki o'yinda u bizga yordam bera oladi".

O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi qolgan ikki o'yinda g'alaba qozonib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Eron ham mag'lubiyatsiz tarzda pley-offga yo'l oldi. Biroq ikki jamoa ham chorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi. O'zbekiston Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsa, Eron Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida yutqazdi.

Ali Dayining benefisiga aylangan O'zbekiston — Eron o'rtasidagi dastlabki uchrashuvni yodga olamiz

Eron bilan o'yinlar tarixidan. Qosimov va Bakaev “Ozodi”da forslarni bo'ysundirgan uchrashuv 

Eron bilan o'yinlar tarixidan. Katta sahnada Nishimura yoxud Abramov uchun so'nggi bekat

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика