Serxio Ramosni jazolash uchun 190 mingga yaqin imzo to'plandi
27 may 2018 23:50
Yangiliklar
Serxio Ramosni jazolash uchun 190 mingga yaqin imzo to'plandi
Ko'plab odamlar ECHL finalida Serxio Ramos ataylab Muhammad Salahga jarohat etkazdi deb hisoblamoqda.
Internet tarmog'ida esa UEFA va FIFA nomiga “Real” himoyachisini jazolash borasida peticiya joylashtirildi. Peticiya muallifiga ko'ra, Ramos Salahga ataylab jarohat etkazgan. Hozirga qadar peticiyani 183 576 kishi imzolab bo'ldi.
Malumot uchun kecha ECHL final uchrashuvida Ramos va Salahning to'p uchun kurashida misrlik futbolchi elkasidan jarohat olib maydonni birinchi bo'limning o'zidayoq tark etdi.