Serxio Ramosga Evropa grandlari hamda Osiyo jamoasi qiziqmoqda
24 may 2019 22:17
Yangiliklar
Serxio Ramosga Evropa grandlari hamda Osiyo jamoasi qiziqmoqda
Real himoyachisi Serxio Ramosga bir qator jamoalar qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi AS.
Uning o'zi esa ECHLda «Ayaks»ga mag'lub bo'lgan o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasida Florentino Peres bilan yuzaga kelgan janjal sabab klubdan ketishni o'ylayotgani haqida xabar bergandik.
Manbaning malum qilishicha, ispaniyalik himoyachiga Angliyaning – «Manchester Yunayted» hamda «Liverpul» jamoalari ko'z tikmoqda. SHuningdek, «Yuventus» vakillar ham muzokaralar o'tkazishga tayyor. 33 yoshli futbolchiga Xitoy jamoasi tomonidan ham qiziqish bildirilgan.
Eslatib o'tamiz, «blankoslar» sardorining klub bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va uning transfer narxi 30 mln. evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar