Serxio Ramos: "Ronaldu nima haqida gapirganini bilmayman"
15 avg 2018 21:45
Yangiliklar
Serxio Ramos: "Ronaldu nima haqida gapirganini bilmayman"
"Real" sardori Serxio Ramos forvard Krishtianu Ronalduning klubdagi atmosfera haqida aytgan gaplariga javob berdi.
Ronaldu "Yuventus"ga o'tganidan so'ng, "Yuve" - oiladek ekanligini aytdi. Bundan tashqari oldinroq bergan intervyusida quyidagi so'zlarni qo'shimcha qildi: "Muxlislar seni yaxshi ko'rsa o'zingni boshqacha his qilasan".
"Jamoamizda hamma bir oiladek, shu sababli Ronaldu nima haqida gapirganini bilmayman, u ham oilamizning bir qismi edi.
Hech kim klubdan yuqoriroq bo'la olmaydi. Ronalduning o'zi ketishga qaror qildi.
"Real"ning bir qismi bo'lishni istayotganlar uchun eshigimiz doimo ochiq. Ronalduni yo'qotish og'ir, ammo hech bir futbolchi hech qachon "Real"dan muhimroq bo'lmaydi.
Jamoa o'sishni, sovrinlar qo'lga kiritishni xohlaydi" - deydi Ramos.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди