Serxio Ramos Real muxlislari kutgan gapni aytdi
22 fev 2018 09:21
Yangiliklar
Serxio Ramos Real muxlislari kutgan gapni aytdi
Real sardori Serxio Ramos Leganesga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.
«Bunday g'alabalar irodani mustahkam qiladi. Xuddi shunday davom etish lozim. Qator salbiy natijalardan so'ng o'zimizga kelib oldik. La ligada chempionlik uchun kurashni davom ettirayapmiz va peshqadam bilan farqni qisqartirishga urinamiz. O'yinimizni yaxshilab kamroq gol o'tkazishga urinamiz.
Penaltidan urgan golim? Ronaldu maydonda yo'q bo'lsa 11 metrli jarima to'pini men va Beyl galma-gal tepadi», – deydi Ramos.
«Real» 24ta turdan so'ng 3-o'rinda bormoqda. Klub peshqadam «Barselona»dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar