So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Server Jeparov: "Navbahor" bilan o'yin o'ziga hos ajiotajni yuzaga keltirdi" Yangiliklar

Server Jeparov: "Navbahor" bilan o'yin o'ziga hos ajiotajni yuzaga keltirdi"

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Oqtepa" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Server Jeparov fikrlarini bildirdi.

"Bugun o'yin davomida juda yaxshi atmosfera bo'ldi. Ko'plab muxlislar tashrif buyurdi. Superliga vakili "Navbahor" yana qachon keladi bilmayman. Bu raqib bilan uchrashuv o'ziga hos ajiotajni yuzaga keltirdi, stadion to'ldi. O'ylaymanki, qiziqarli uchrashuv guvohi bo'ldik. Vaziyatlarga kelsak, ikki jamoada imkoniyatlar ko'p bo'ldi deya olaman. Agar vaziyatlar golga aylanganida bahs yanada tomoshabop ko'rinish olardi",- deydi Server Jeparov. 

- Bu o'yin futbolchilaringiz uchun tajriba vazifasini o'tadimi? Raqib haqida nima deya olasiz? 

- Men o'z futbolchilarim haqida gapirishni maqul deb bilaman. Yigitlarga ofarin. Birinchi bellashuvda biroz hayajonlanishdi. Bugun esa ishonchliroq o'ynashdi. Ular o'ynay olishadi. O'zlarini ko'rsatishlariga shubham yo'q edi. Agarda raqib darvozasini ishg'ol qilishganida boshqacha bo'lardi. Bunday o'yinlar orqali futbolchilar tajriba to'plashadi, ishonch orttirishadi. Keyingi safar osonroq bo'ladi. 

- Futbolchilaringiz ko'rsatmalarni qanchalik to'g'ri bajarishdi? 

- Agar hammasi biz istagandek bo'lganida g'alaba qozongan bo'lar edik (kuladi). Muhimi yigitlar harakat qilishdi. Ayrim pallalarda o'xshadi yoki aksincha. Umumiy manoda shogirdlarimni olqishlayman. To'g'ri, texnik jihatdan ishlanadigan holatlar bor. Asosiy vazifa o'yindan-o'yinga yaxshilanib borish. 

- "Oqtepa" darvozaboni bugun ishonchliroq o'ynadi... 

- U oyoqda yaxshi o'ynaydi. Шuning uchun bugun imkoniyat berdik. Lekin raqib bugun kuchli edi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика