So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Sergey Lushchan: "Raqibimiz o'yin davomida ikkita zarba berdi va ikkita gol urdi. OKMK bugun haqli ravishda g'alaba qozondi" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Raqibimiz o'yin davomida ikkita zarba berdi va ikkita gol urdi. OKMK bugun haqli ravishda g'alaba qozondi"

Superliga 15-turidan o'rin olgan OKMK - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida 


- Birinchi navbatda raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Ikki jamoa uchun ham qiyin bahs bo'ldi. Oson bo'lmasligi aniq edi. Bugungi uchrashuvda ayrim bir muammolarga duch keldi. Tarkibdagi etishmovichilik va boshqa jihatlar bizga halal bermoqda. Yigitlar hali hamon og'ir bosim ostida. Yosh futbolchilarimiz iqtidorli, ammo ular ritmga tushib olishlari uchun biroz vaqt kerak. OKMK jamoasi bugun haqli ravishda g'alaba qozondi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.


- "Navbahor"ning ikki uchrashuvini ko'rishga muvofaq bo'ldim. Jamoa o'yinidagi progress sezilmoqda. Jamoam o'yin bilan bog'liq muammolarga duch keldi dedingiz. Ushbu muammolar va kamchiliklar haqida batafsilroq so'zlab bersangiz.


- Asosiy muammomiz - realizaciya. Raqibimiz o'yin davomida ikkita zarba berdi va ikkita gol urdi. Biz esa 8-9 marotaba to'pni so'ngi zarba bilan yakunlovchi vaziyatlarga qadar olib keldik, lekin... Vaziyatlardan gol urgan jamoa g'alaba qozonadi. Bu juda oddiy formula. SHunchaki gol urishimiz kerak. Hujumda xavfliroq va agressivroq o'ynashni boshlaganimizni bilaman. Balki bizga biroz vaqt kerakdir. Durang bugungi bahs uchun adolatli natija bo'lishi mumkin edi, lekin futbolda so'ngiga qadar chiday olgan va kurashgan jamoa g'alaba qozonadi. Raqibimiz ikkinchi goldagi hujumni ajoyib amalga oshirdi. Tezkorlik bilan hujumga o'tishdi, shunchaki bravo. OKMK o'zgarishlarni ham to'g'ri qildi. Bizning zaxiramiz esa oqsamoqda. Bu bizning muammolarimiz va bunga o'zimiz aybdormiz. Ushbu muammolarga o'zimiz echim topishga majburmiz.


- Realizaciya haqida gapirib o'tdingiz. CHempionatimizning eng yaxshi to'purarlaridan biri Toma Tabatadze "Navbahor" mashg'ulotlarida qatnashmayapti. Uning jarohati haqida malumot berib o'tsangiz?


- Tabatadzeni hali maydonda ko'rganim yo'q. Kecha u O'zbekistonga qaytib keldi. U bilan gaplashib oldik. Jarohatidan forig' bo'lganiga qaramay, u hali hamon o'zini noqulay his qilmoqda. Tabatadzeni yaqin orada maydonda ko'rmaymiz. Sardor Rashidov ham uzoq vaqtga safdan chiqdi. Sayfievda diskvalifikaciya xolos, u keyingi uchrashuvda qaytadi. Ikkinchi hujumchimiz Giorgi Nikabadze ham jarohat bilan o'ynamoqda. Faqatgina ukollar orqali o'ynay olayapti. Uning o'rnini egallay oladigan futbolchi yo'q, afsuski.


- Zaxira etishmovchiligi bilan bog'liq bo'lgan muammoni qanday hal etmoqchisiz? Ushbu vaziyatdan chiqib ketish bo'yicha qandaydir rejangiz bormi?


- Yagona echim shu tarkibimiz. Bor futbolchilar bilan o'ynashda davom etamiz. Mavsum yarmi va mavsum avvaliga selekciya ishlarini olib borish ikki hil masala. Yozda ko'p futbolchilar band va amaldagi shartnomasi bo'ladi. O'zingiz istagan futbolchini harid qilish qiyin masala.


- Yozda o'zimiz istagancha transferlar amalga oshira olmadik dedingiz. Transferlar bo'yicha qanday rejangiz bor edi?


- Bizda transfer bani bor. Horijlik futbolchilar bilan shartnoma tuza olmaymiz. Hozirgi holatimiz shu va shunga moslashishimiz kerak.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика