Sergey Lushchan: "Kubok o'yinlarida futbolchilarga qo'shimcha motivaciya kerak"
02 iyu 23:50
Yangiliklar
Sergey Lushchan: "Kubok o'yinlarida futbolchilarga qo'shimcha motivaciya kerak"
- Dastlab uchrashuv haqida fikringiz?
- Juda asabiy o'yin guvohi bo'ldik. Birinchi taym biz uchun unchalik o'xshamadi. Tanaffusdan keyin esa o'yin uslubimizni o'zgartirishga harakat qildik. Har to'rtinchi kun maydonga tushish og'ir bo'lyapti. Kubok bahslari doim o'zgacha kechadi. Bunda futbolchilarga alohida motivaciya kerak.
Yoshlarni sinab ko'ryapmiz, ular ham o'zlarini ko'rsatishga harakat qilyapti. Bazan imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlashda davom etamiz. Yana uch kundan so'ng birinchi davraning oxirgi bahsini o'tkazamiz. Endi "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
- "Xorazm" jamoasidan shunday qarshilik kutganmidingiz?
- Bugun raqib mezbon maqomida to'p tepdi va bu doim ustunlik beradi. "Xorazm" menda iliq tassurot qoldirdi, ular futbol o'ynashga harakat qildi. Faqat raqib jamoa vaziyatlardan foydalana olmadi, biz esa uchta gol urishga erishdik. Natijada g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar