So’nggi yangiliklar

21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  1 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  1 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  3 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  5 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  5 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  50 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  2 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  3 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  8 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  6

Sergey Lushan: Pro ligadagi tanaffus foydamizga ishladi Yangiliklar

Sergey Lushan: Pro ligadagi tanaffus foydamizga ishladi

Pro liga 3-turi doirasidagi Dinamo - Xorazm (3:1) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin Samarqand klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- «Xorazm»ga qarshi o'yin oson kechmasligini bilardik, ammo bu daraja og'ir bo'lishini kutmagandik. Jamoamizga hali o'ziga bo'lgan ishonch etishmayapti. Biz taklif etgan futbolchilar atroflarida qanday jamoadoshlari borligini tobora tushunib borishmoqda. 6 nafar futbolchi tarkibga kelib qo'shilganiga hali ikki hafta ham bo'lgani yo'q, ular bilan mashg'ulot jarayonida hali ko'p ishlashimiz kerak. O'yinni tashkil etish bo'yicha bazi kamchiliklarimiz ko'zga tashlanmoqda, ammo jamoamning o'yinning oxirigacha qo'lni tushirmay kurashgani menga yoqdi. Hech kim o'z chig'ida qotib qolgani yo'q. Vaziyatlar borasida ko'p ishlashimiz kerak. Birinchi bo'limdagi 3ta yuz foizli vaziyatlarni golga aylantira olmasak, keyinchalik bizda muammo bo'lishi mumkin. Ochig'ini aytsak, «Xorazm» jamoasiga qarshi ularning o'yinini o'rganmay tayyorgarlik ko'rgandik. Eng asosiysi yangi jamoamiz bilan ilk o'yinimizda g'alaba qozonganimizdir.

- Yangilangan «Dinamo» yaxshi o'yin bilan dastlabki g'alabasini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, o'yin tugagani hamonoq yana mashg'ulot o'tkazilayotgani nima bilan bog'liq?

- Oxirgi bir yarim oy ichida biz jamoa yaratish ustida ish boshlab, hali oxirigacha shakllantira olmadik. Futbolchilar bir-birini oxirigacha tushuna olishayotgani yo'q. SHunga qaramay, ular asosiy ko'rsatma va talablarimizni bajara olishmoqda. Bugun ham oddiy vaziyatdagi xato tufayli gol o'tkazib yubordik. SHunday xatolarni mashg'ulotlar orqali yo'qota olsak, oldimizdagi vazifani uddalash imkoniyati bo'ladi. Bizda ishlov berish uchun material bor, bu jamoa. Umid qilamanki, yana 3-4 turdan keyin biz o'yin mazmuniga ega jamoa paydo bo'ladi. Hozirgi mashg'ulotlar esa jamoa ertaga bemalol dam olishi uchun. Har holda tarkib 1,5 oydan buyon kuniga ikki mahaldan dam olmay mashg'ulot o'tkazdi.

- Qo'l ostingizda yig'ilgan tarkibdan qanchalik qoniqdingiz?

- Biz taklif qila olmay qolgan futbolchilar bor, ammo shunga qaramay nolisam gunoh bo'ladi. Biz uchun eng foydali bo'lgani bu – Pro liga o'yinlarida katta tanaffus yuzaga kelgani bo'ldi. Orada tarkibni jamlab, imkonqadar dam olishsiz ishlashga harakat qildik. Agar tanaffus bo'lmay, men «Dinamo»ga kelganimning 3-kunidayoq o'yinlarimiz boshlansa, nima bo'lishini tasavvur qilishga ham qo'rqaman. CHunki o'shanda jamoa tarkibining yarmini hattoki familiyasini bilmasdim. Hozirga kelib jamoa bilan imkonqadar ishladik. Qo'l ostimda yuqori saviyali o'yin namoyish etishga qodir bo'lgan yaxshi futbolchilar jamlangan. Ayni damda bizga natija kerak. Hozircha natijadan kelib chiqib, o'yin ko'rsatamiz.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика