So’nggi yangiliklar

14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  1 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  1 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  10 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  15 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  3 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  19 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  2 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  3 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  5

Sergey Lushan: “Besh ballik tizimda menimcha, jamoa o'yinini 3 ballga loyiq ko'rsa bo'ladi” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Besh ballik tizimda menimcha, jamoa o'yinini 3 ballga loyiq ko'rsa bo'ladi”

O'zbekiston kubogi, “E” guruhi, 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “FarDU” (3:1) uchrashuvidan keyigi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

-  Bugungi o'yinni ikki bo'limga bo'lish mumkin. Uchrashuvning 1-bo'limida garchi to'liq ustunlikka ega bo'lsakda, hujumda unchalik ishlarimiz yurishmadi. Yigitlar tekis joyda futbolga o'zgarishlar kiritishga harakat qilishdi. Futbol allaqachon kashf qilib bo'lingan. Ular ko'rpani o'zlariga tortishga intilishdi. Shunday bo'lsada, bugungi o'yin natijasidan qoniqdim. Faqat uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida mehmonlar tomonidan urilgan gol yoqimsiz hissiyot uyg'otdi. Uchrashuvdan so'ng, yigitlarga o'yinda 3:0 hisobida yutyapsizmi yoki yutqazyapsizmi, xotirjamlikka berilmay, uchrashuvning so'nggi daqiqasiga qadar o'ynashni uqtirdim.

Biz ushbu bahsda oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik. Jamoamizning asosiy o'yinchilarini “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan uchrashuvga saqlagandik. Rejamizning 70 foizi ish berdi. Birinchi bo'limda hammasi yaxshi kechganida, maydonga hujum chizig'i vakillarini tushirmagan bo'lardik. Kecha bir nafar futbolchimiz safdan chiqqanligi bois, uning o'rniga Igor Gabrielni maydonga tushirdik va ikkinchi bo'limda unga dam berishga qaror qildik. 

Tanaffusda Abdulhaev biroz jarohati bezovta qilayotganigini aytdi. Shuning uchun uning o'rniga Mirsaidovni  zaxiradan maydonga tushirdik.  Takidlaganimdek, 70 foiz yigitlarni uch kundan so'ng, “Bunyodkor” bilan bo'ladigan o'yinga saqladik. Biz oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik va bugungi uchrashuv natijasidan qoniqdim.  

– Jamoaning hujum chizig'iga asosiy tarkib futbolchilarini zaxiradan maydonga tushirish “Navbahor”ning o'yini kuchayishiga olib keldi. Sizningcha, raqib jamoangizning ishtiyoqqa to'la real futbol namoyish etganligini qanchalik his etdi? 

– Bilasizmi, safimizdagi futbolchilarning barchasi asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi, shu jumladan, Xoldorxonov va Ubaydullaev ham. Jo'raboev esa jarohati sababli, yig'inlarda ishtirok eta olmadi. Lekin u juda iqtidorli yigit va joriy mavsumda jamoamizga yordam beradi, degan umiddaman. Ubaydullaevning jarohatga oid muammosi bor. Xoldorxonov ham juda iqtidorli futbolchi. Poziciyani his qiladi. Lekin hammasi ruhiyatga bog'liq.

Jamoamiz tarkibida zaxiradan maydonga hujumdagi 3 nafar futbolchi tushganida, qanday hissiyotlarni boshidan kechirganligini raqibdan so'rash kerak. 

Futbolchining mahorati oddiy o'yini bilan baholanadi. Bugun zaxiradan maydonga tushgan 3 nafar futbolchilar o'zlarining mahoratlarini namoyish etishdi hamda gollar urishdi.Mening ularga hech qanday etirozim yo'q. 

Lekin amalga oshiriladigan ayrim jihatlar bor va shuni tatbiq etishga harakat qilamiz.  

 O'zbekiston kubogi guruh bosqichi bahslarida shogirdlaringizning harakatlarini 5 ballik tizimda necha ballga loyiq ko'rgan bo'lardingiz? 

– To'g'risi, buni baholash qiyin. Chunki “Oq-tepa” bilan bo'lgan va bugungi bellashuvda biz maydonga kam o'yin amaliyotiga ega va jarohatidan forig' bo'lgan futbolchilarni maydonga tushirdik. Ular asosiy tarkib o'yinchilari bo'lishganida, baholasa bo'lardi. 

“Neftchi” bilan bo'lgan uchrashuv esa menga juda yoqdi. O'sha bahsda farg'onaliklar ham, biz ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Menimcha, “Neftchi”ga qarshi kechgan o'yin natijasi adolatli bo'ldi. Jamoamiz yaxshi. Buni “Navbahor”ning o'yinini kuzatayotgan mutaxassislar ham sezishayotgandir, balki. Yana 5-6 nafar futbolchilarga o'yin amaliyoti kerak va umid qilamanki, ular o'z mahoratlarini namoyish etishadi. Bu esa tarkibda raqobatni yuzaga keltiradi. 

Besh ballik tizimda menimcha, jamoa o'yinini 3 ballga loyiq ko'rsa bo'ladi. Balki, keyinchalik bu kerakli paytda, yuqori o'rinlar uchun kurashlar paytida   5 ballga etib qolar.  

– Uchrashuvning 1-bo'limida jamoangizning o'yini unchalik qovushmadi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar uchrashuv taqdirini hal qilishdi. Bu rejangizdan o'rin olganmidi?

– Albatta, bu rejamizdan o'rin olgandi. Uchrashuvning 1-bo'limida bizni qoniqtiradigan hisob qayd etilganida, ularni maydonga tushirmasdik. Yana 3 kundan so'ng, Superliga doirasida “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan o'yinimiz bor. Shu bois, ularni o'sha bellashuvga asragandik. Har 3-4 kunda bitta tarkib bilan o'yinlar o'tkazish qiyin. Bu futbolchilarning jarohat olishlariga sabab bo'lishi mumkin. Bu esa bizga kerakmas. Shuning uchun boshqa o'yinchilarga ham imkoniyat beryapmiz. 

– Pedroning holati borasida nima deya olasiz? 

– U ikki hafta davomida shifokor nazoratida bo'ldi va og'riqlardan xalos bo'ldi. Pedro o'zini yaxshi his qilmoqda. U juda yaxshi, tartibli futbolchi. Muammo bormi, uni hal qilish kerak. Umid qilamanki, Pedro tez orada maydonga qaytadi. Uni eski jarohati bezovta qildi. Pedro mahoratli futbolchi. U bugundan mashg'ulotga qo'shildi. 

– “Navbahor” shu kungacha Superliga va O'zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda 12 ta o'yin o'tkazib, shulardan yarmida g'alaba qozondi. Yutuqqa erishilgan bahslarda “Oq-tepa” hamda bugungi “FarDU” jamoalariga qarshi kechgan o'yinlar ham bor. "Navbahor"dan keyingi jiddiy raqiblarga qarshi kechadigan bellashuvlarda ham nimadir kutsa bo'ladimi? 

– Biz har bir o'yinda maydonga g'alaba ishtiyoqida tushamiz. Biroq uchrashuvning qanday tarzda kechishini oldindan bilmaymiz. Biz zafar quchish uchun harakat qilamiz, shunga intilamiz. Mening yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Lekin ruhiy tarafdan muammolar bor. 

Masalan, “Manchester Siti” va “Barselona” kabi jamoalar ham so'nggi bahslarda mag'lubiyattga uchrayapti. O'yinlarda qanday holatlar yuz berishini esa oldindan bashorat qila olmaysiz. Biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Ancha o'sishga erishdik. To'g'ri, ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli 5 jamoasi qatorida emasdirmiz, ammo shunga intilyapmiz hamda shunday klublar qatoridan o'rin olamiz. Men bunga ishonaman.  Faqat buning uchun futbolchilarni g'alabalarga ruhan  tayyorlash lozim. Yigitlarga uchrashuv hushtak bilan boshlanib, yakunlanishini uqtirish kerak. Shunda har qanday jamoa uchun “Navbahor” jiddiy raqibga aylanadi. Natijalarni yaxshilash uchun qo'ldan kelganicha harakat qilamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

+2   
15 may 08:59:06
Uz_chemp
Хар сафаргидай адабиёт ва фалсафадан 5 бахо
   
15 may 14:19:45
Адхамжон Низамов
Холдорхонов жуда икдидорли булса,мен футболни тушунмас эканман
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика