So’nggi yangiliklar

15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  2 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  5 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21

Sergey Lushan: "Asabiy o'yin bo'ldi, ancha vaziyatlarni golga aylantira olmadik" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Asabiy o'yin bo'ldi, ancha vaziyatlarni golga aylantira olmadik"

O'zbekiston kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan "Oqtepa" – "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Asabiy o'yin bo'ldi, qancha vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Шukurki, raqib darvozamizni ishg'ol qilgani yo'q. G'alaba uchun gol urish kerak. 8 ta yaqqol golli vaziyat yaratdik. Bugun biz kam foydalanayotgan yigitlarga imkon berdik. Kimdir yaxshi taassurot qoldirdi, yana kimdir boshqacha. Lekin bunday vaziyatlardan foydalanish kerak. Ishlashda davom etamiz",- deydi Sergey Lushchan. 

- Balki suniy maydon tasir qilgandir... 

- Hammasi tushunarli. Biz 2 kun suniy maydonda shug'ullanishga harakat qildik. Yigitlar bu borada ko'nikmani biroz bo'lsada olishdi. Bugun ayniqsa dastlabki 15-20 daqiqada maydonga moslashishdi. Boshqa jamoa ham bu erda o'ynaydi. Шunday ekan maydonga tushib o'ynash kerak. O'yin haqiqiy asabiy ruhda o'tdi. Oxirgi daqiqalarni aytmasa ham bo'ladi. 

- Yoshlar tarkibda maydonga tushdi. Bu qolganlarni asrash uchun edimi? 

- Albatta. Hozir jarohat bilan bog'liq muammolarimiz bor. Zabihillo O'rinboevga suniy maydon umuman taqiqlangan. Jiyanovni imtihoni bor. Pedroni ham ko'rishimiz kerak. Bugun asosiy tarkibning ko'p qismiga dam bermoqchi edik, chunki suniy maydon, jarohatlar ehtimoli yo'q emas. 3 kundan keyin yana o'yinimiz bor. 

-Bunday raqibga qarshi ruhan tayyorlanish qiyin bo'lmadimi? 

- Men tushunmayman, futbolchi shu kasbni tanlaganmi, demak har qanday jamoa bilan o'ynashi kerak. "Real" yoki "Oqtepa" buning farqi yo'q. Tayyorlana olmadingmi borib boshqa ish bilan shug'ullan. Futbolchi professional. U shu uchun pul oladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика