So’nggi yangiliklar

16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 0:0  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   4 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  8 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14

Sergey Arslonov: "Yigitlar stress holatidan chiqib ketishi uchun vaqt kerak" Yangiliklar

Sergey Arslonov: "Yigitlar stress holatidan chiqib ketishi uchun vaqt kerak"

Coca Cola Superligasi 1-turi doirasida OKMKga qarshi bahsdan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslonov ishtirok etdi.


- Barchaga hayrli kech. Albatta, natija salbiy. Ko'plab vaziyatlarda raqibga mag'lub bo'ldik. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, birinchi bo'limda golga tortadigan ikki-uchta holat. Ammo bizda vaziyatlardan foydalanish samaradorligi yaxshi emas. SHu sababli har bir vaziyat uchun ishlash kerak. Bizning maqsadimiz har bir yaratilayotgan vaziyatlardan gol urish. Bazida ishonch etishmadi, bazida esa ustamonlik sifatlari. Agarda ikkinchi golni urib olganimizda kiyim almashtirish xonasida boshqacha atmosfera bo'lardi. So'nggi ikki vaziyat esa jamoaning ruxiy holatiga ham bog'liq bo'ldi. 

- Jamoaning birinchi raqamli murabbiyi kim: Sizmi yoki Tokov?

- Savolingizga shunday javob beray: men bu erga ishlashga kelganman. Bosh murabbiy, yordamchi murabbiy yoki A, Pro-licenziyasi bor murabbiy sifatida emas, shunchaki bu erga kelishdan oldin rahbariyatga men ishlashni istayman deganman. Albatta, murabbiy tanlash uchun klubdagilar barcha jihatlarni o'rganib chiqishadi. Meni bu erga taklif qilishdimi, demak, men ishlayman. 

- Buni tushunamiz. Ammo bir jamoada ikki bosh murabbiy bo'lishi mumkin emas: 45-55ga bo'ladi kamida. Asosiy murabbiy sifatida kimni ko'ramiz?

- Men. Barchasiga javob beraman. Natija, tayyorgarlik, umuman hammasi mening bo'ynimda. CHunki men bosh murabbiyman.

- Bu faqat qog'ozda.

- Hech kimni fikrini o'zgartirishni, OAVni tanqid qilishni istamayman. Kim o'ziga kerakli bo'lsa, o'sha narsani yozsin. Yana bir bor takrorlayman, men bu erga ishlashga kelganman. 

- Agarda "Surxon"ning natijalari yomonlashib ketsa, jamoani Tokov yig'gan, siz emas. SHunday bo'lgan taqdirda Sizni istefoga chiqarishsa-yu, Tokov qolsa, alam qilmaydimi?

- Natijaga men javob beraman. Siz aytgan holat futbolda juda ko'p uchraydi. Bazida murabbiylar transfer siyosatiga aralashmaydi ham. Bu men uchun o'ziga xos chaqiruv. Vaqt barchasini o'z joyiga qo'yib qo'yadi. 

- Ikkinchi bo'limda "Surxon" OKMKning birinchi chizig'idan amallab o'tdi, biroq markazga kelib, to'pni oldiraverdi, yani, raqib maydoniga o'ta olmadi. "Surxon"da xuddi yosh bolalar o'ynayotgandek. O'rtadagi klass sezilib qoldi. Ammo birinchi bo'limda yaxshi o'ynagandi.

- Fikringizga qo'shilaman. Ikki juda farqli taym bo'ldi. Aytganimdek, tanaffusga qadar bo'lgan ikki vaziyatdan foydalanishimiz kerak edi. Bu asosiy vaziyatlar edi. Bu esa futbolchilarning ruxiy holatiga tasir qildi. Gol urganimizda o'zimizni biroz erkinroq his qilardik. Juda kuchli raqibga qarshi tartibli o'ynab turgan paytimiz shunday vaziyatlar foydalanmaganda yigitlarga sportcha agressivlik, balki, o'zini nazorat qila olish ham etishmadi. Buni stress deyish mumkin. Ularga ushbu stressni engib olishi uchun vaqt kerak. Boshqachasiga iloji yo'q. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика