So’nggi yangiliklar

00:22"Сельта" — "Барселона". Таркиблар маълум  11 00:21"Интер" — "Лацио". Таркиблар маълум  3 00:18"Лион" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  59 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Sergey Arslanov: "SHamol mezbonlar darvozasi tomon esayotgandi, bundan foydalanishga urindik" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "SHamol mezbonlar darvozasi tomon esayotgandi, bundan foydalanishga urindik"

"Qizilqum"ga qarshi Superliganing 6-tur bahsidan (0:0) so'ng "Surxon" ustozi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Sergey Arslanov: "Durang - ikkala jamoa uchun adolatli natija. Afsuski, urgan golimiz hisobga olinmadi. To'qnashuvlar, ikkinchi qavatdagi kurashlar ko'p bo'ldi. Bu har bir jamoa 3 ochko uchun kurashganini anglatadi. Ishlashda davom etamiz.

- Ikkinchi bo'limda uzoq masofadan zarbalar berish haqida ko'rsatma berganmidingiz?

- Ha, biz raqibdan kelib chiqib o'ynadik. "Qizilqum" chuqur himoyaga yotganini hisobga olib, uzoq masofadan zarbalar berdik. SHamol ham mezbonlar darvozasi tomon esayotgandi, bundan foydalanishga urindik. Bu o'z natijasini berdi, chunki xavfli vaziyatlar sodir bo'ldi.

- Na "Surxon" va na "Qizilqum" sifatli o'yin ko'rsata olmadi, balki ob-havo halal bergandir?

- To'g'ri, fikringizga qo'shilaman, ammo ob-havo yaxshi edi. Futboldan ko'ra kurashlar ko'p bo'ldi. Asosan ikkinchi qavatda.

- "Surxon" jamoasining Superligadagi maqsadi nima? Mavsum kutganingizdek o'tyaptimi?

- Mavsumdagi natijalardan hayron bo'lganim yo'q, jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Biz kutilganidan yuqoridagilimiz mehnatimiz samarasi. Oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz. Erishilgan natija bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz.

- CHoriev nega maydonga tushmayapti?

- Yoshlarning o'yini barqaror bo'lmaydi, hozir esa unda biroz pasayish bor. SHu sababli uni asosiy tarkibga kiritish qiyin. Yigitcha mahalliy futbolchilardan, qancha ko'p shunday yoshlar o'ssa, mamlakatimiz futboliga shuncha foyda. Hammasi uning qo'lida. Hammaga imkoniyat berishga tayyormiz.

- "Surxon" mehmondagi o'yinlarga 3-4 kun oldin kelmoqda. Bu mahalliy ob-havoga ko'nikish uchunmi?

- Sabablari ko'p. "Nasaf" bilan o'yindan so'ng tiklanish uyga qaytib, Navoiyga kelish uchun ko'p vaqt ketar edi. Ko'nikish uchun ham vaqt kerak bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика