So’nggi yangiliklar

22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  1 22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  62 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  30 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  14 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  73 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  7 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0

Sergey SHevchenko “Andijon”ni tark etdi Yangiliklar

Sergey SHevchenko “Andijon”ni tark etdi

Yozgi davralar oralig'ida ulkan niyatlar bilan “Andijon”ga tashrif buyurgan murabbiyning safari tez qaridi.
Olingan malumotlarga ko'ra, Sergey SHevchenko bugun yurtiga qaytib ketdi. Bunga sabab sifatida jamoadagi vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmagani aytilmoqda. Klubning ijrochi rahbarlari bilan fikrlari bir joydan chiqmagan murabbiyning rejasi ham tabiiyki amalga oshmadi. Muxlislar Sergey Yakovlevichni jamoada qolishini qanchalik istamasin, murabbiy vataniga qaytishga qaror qildi. CHunki uning klub sport direktori Aleksandr SHapran bilan chiqisha olmagan. Aftidan SHapran “Andijon”ga boshqa murabbiyni olib kelish niyatida.

Aytish mumkinki, SHevchenko ayrim sabablarga ko'ra, rasman “Andijon” murabbiyi sifatida bo'lmasada, mashg'ulotlarni o'zi o'tkazib, selekciya ishlarini ham uning o'zi olib borgandi. O'yin paytida esa murabbiylar shtabidan o'rin olmay kelayotgan murabbiy qisqa fursat ichida “Andijon” bilan xayrlashadigan bo'ldi. Albatta bunday bo'lishini SHevchenkoning o'zi ham kutmagan bo'lsa kerak.

Darvoqe, SHevchenkoning yaqin yordamchisi Boris Beloshapka ham “Andijon”da darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Malum bo'lishicha, ushbu mutaxassis ham yurtiga qaytib ketgan.

Yozda klub rahbariyatida ish boshlashi kutilgan Mo'minjon Maqsudov va Rustam Abdievga hamon jamoada ish boshlashi uchun buyruq chiqmagan. Bu esa jamoani boshsiz chavondozga o'xshatib yubormoqda. O'zining 50 yillik yubiley to'yida yana birinchi ligaga tushib ketish havfi ostida turgan “Andijon”da parokandalik yuz bergan desa ham bo'ladi. Aftidan jamoa oldingi yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosalar chiqarib olmagan ko'rinadi. Ko'ramiz, vaziyat qanday tus olarkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика