So’nggi yangiliklar

19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  9 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  14 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4

"Sepaxon" bosh murabbiyi Joze Moraish: "OKMK uchun bu o'yindagi ochkolar juda muhim, ammo ochkolar bizga ham zarur" Yangiliklar

"Sepaxon" bosh murabbiyi Joze Moraish: "OKMK uchun bu o'yindagi ochkolar juda muhim, ammo ochkolar bizga ham zarur"

OCHLning 3-turi doirasida OKMK – "Sepaxon" uchrashuvidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Joze Moraish matbuot anjumanida qatnashdi.

"Ertaga halol va kurashlarga boy o'yin bo'lishini kutyapman. Osiyo chempionlar ligasi eng yuqori darajadagi turnir. Ertaga juda yaxshi o'yinning guvohi bo'lishimizga ishonaman. Muxlislarga ajoyib o'yin taqdim etamiz.

O'yinchilarimiz uchrashuvga ruhan, jismonan, taktik va texnik tomondan to'liq tayyorlar deya olaman. O'yinga 100% shaymiz va yaxshi natija ko'rsatishimiz kerak. O'z ishimizni har kuni, sidqidildan bajaramiz. Osiyo miqyosidagi turnirlarda kurashish uchun bizda etarli salohiyatga ega o'yinchilar bor. 

OKMK uchun bu o'yindagi ochkolar juda muhim, ammo ochkolar bizga ham zarur. 

Futbol jamiyat, insonlar va halollik uchun kerak. Bu o'yin insonlarni birlashtiradi, do'stlashtiradi. Futbol dushman orttirish uchun o'ynalmaydi. Biz ham do'stlashish va birlashish uchun futbol o'ynaymiz. Ertaga maydonda halol o'yin ko'rsatishimiz kerak.

Biz raqibni, O'zbekiston ichidagi barcha narsani va mamlakat madaniyatini hurmat qilamiz. Biz raqib muxlislarini hurmat qilamiz.

Futbolchilar futbol haqida o'ylashadi. Biroq, bazi insonlar ham borki, ular futbol haqida emas boshqa narsalar haqida qayg'urishadi. Biz futbolagi farqlarni hurmat qilamiz va buni muhokama qilmaymiz. Barchamiz insonlarni hurmat qilishimiz kerak, bu natijadanda muhimroq narsa", -deydi "Sepaxon" bosh murabbiyi Joze Moraish.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика