Sensaciya! BMB "Maksam-CHirchiq" jamoasiga yutqazib qo'ydi
16 okt 2023 13:09
Yangiliklar
Sensaciya! BMB "Maksam-CHirchiq" jamoasiga yutqazib qo'ydi
Bugun turning uchinchi kun bellashuvlari tashkillashtirilmoqda. Biroz avval kunning birinchi o'yini yakunlandi va unda muxlislar sensaciya guvohiga aylanishdi. Tarkibida 6 nafar braziliyalik futzalchisi bo'lgan va chempionlik uchun asosiy davogar hisoblangan BMB jamoasi Bahodir Ahmedov boshqaruvidagi "Maksam-CHirchiq" jamoasiga 4:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. CHirchiqliklar birinchi kun "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyat (0:2)dan keyin favoritni engishdi.
Futzal. Oliy liga
1-tur, 3-kun
Farg'ona. "Samo" sport majmuasi
"Maksam-CHirchiq" – BMB 5:4
Gollar: A.To'lqinov 5, B.Rizaev 12, A.Miyassarov 18, 40, F.Botirov 23 - B.Jumaboev (avtogol) 11, M.Odilov 21, Joazino 23, D.CHoriev 36
Bosh hakam: Umid Po'latov
Qanot hakami: Daniil Yacenko
"Maksam-CHirchiq" (dastlabki beshlik): 12.Rovshan Abdujabbarov (s), 7.Bekzod Jumabaev, 9.Botirbek Rizaev, 13.SHarofjon Axmatov, 17.Abdulla Miyassarov.
Zaxira: 1.Bekali Abdurahmonov, 3.Dilshod Fayziev, 4.Fazliddin Botirov, 5.Ashurbek To'lqinov, 8.Abror Axmetzyanov, 14.Muzaffar Jumaev, 15.Muhammadqodir Norsoatov.
BMB (dastlabki beshlik): 1.Ravshan Eliboev (s), 5.SHahzodjon Sadiev, 9.Dilmurod SHavkatov, 11.Bolt, 26.Paulo Enrike Soares de Souza.
Zaxira: 12.Abbos Elmurodov, 3.Mashrab Odilov, 7.Akbar Usmonov, 10.Davron CHoriev, 14.Joazino, 21.Doniyor Toxirov, 75.Lukas Nakazato, 76.Manoel Vitor, 77.Aleks Dias.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar