So’nggi yangiliklar

07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  1 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  5 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  2 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  5 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  5 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  15 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  1 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  5 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  2 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  5 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  3 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  1 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  13

Selyuk: "Husanov qanaqasiga 50 mln turadi? Maksimum – 20!" Yangiliklar

Selyuk: "Husanov qanaqasiga 50 mln turadi? Maksimum – 20!"

Rossiyalik futbol agenti Dmitriy Selyuk "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida "Lans"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi haqida keskin fikrlarni bildirdi.

"Men Xusanovni anchadan beri bilaman. U Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida o'ynaganida futbolchim bilan bir xonadonda yashagan. Ko'rib turganingizdek, u o'zini ko'rsatgan va "Lans" qiziqishiga sabab bo'lgan. Keyinroq Franciyaga yo'l olgan. SHu erda savol tug'iladi: nega Rossiya klublari uni payqamadi? Bilasizmi, bazan Belarus va O'zbekistondan bo'lgan futbolchilarni RPL sport direktorlariga taklif qilsangiz, ular sizga xuddi siz xokkeychi haqida gapirayotgandek qarashadi... G'alati hikoya, alohida mavzu. SHunchaki tez-tez oyoqlaringizga qarashingiz kerak, bulutlarda uchib, yulduzlarga boqmasdan. Agar sizda 10 mln bo'lsa, albatta, kimnidir olib kelasiz. Lekin, tushuning, Husanovni topish pul to'lashdan ko'ra qiyinroq.

Husanovning Franciyaga moslashishi uchun biroz vaqt kerak bo'ldi. Bu mavsumda esa u o'zini yaxshi ko'rsatdi va endi, aytganlaridek, uni "Manchester Siti" so'rab keldi.

Yana bir narsa, OAVda paydo bo'lgan summalardan hayratdaman. Qanaqa 50 million? Nimalar deyapsiz? Men bunga ishonmayman. Qandaydir o'yin bo'layotganga o'xshaydi. 15 mlnga ishongan bo'lardim. Maksimum – 20. 40 mln va qandaydir bonuslar haqida yozishmoqda. 

Boshqa tomondan, "Siti"da juda ko'p pul bor. Ehtimol, ular bunday xaridni amalga oshirishga qaror qilishgan. Bilmadim... Lekin 50 million, albatta, juda ko'p! Dunyoda markaziy himoyachi uchun shunday pul to'laydigan ko'plab klublarni bilasizmi? Men – yo'q.

Eshiting, yozda "Roma" Dovbikni "Jirona"dan sotib oldi. 30 million evaziga. Bunda esa 50 haqida gap ketmoqda...", – dedi Selyuk.

Avvalroq yosh futbolchining o'tishi haqida Xayrulla Karimov, Server Jeparov va Timur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashgan edi.

Reyting: -47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика