So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Sayriddin Gaffarov xayriya akciyasi Tojikistonda ham katta aks-sado bermoqda! Yangiliklar

Sayriddin Gaffarov xayriya akciyasi Tojikistonda ham katta aks-sado bermoqda!

Xabaringiz bor, kecha sobiq futbolchi Sayriddin Gaffarovning og'ir betoblikka duchor bo'lib qolgani va shu sababli uni qo'llab-quvvatlash uchun xayriya akciyasi start olgani to'g'risida malumot bergandik.

Quvonarlisi, ehsonparvar, sahovatpesha insonlar ko'pligi bois Sayriddinning holatiga jim qarab turmayaptilar. SHu bilan birga, ushbu xabar Tojikistonda ham o'ziga yarasha reakciya keltirib chiqardi. 

Negaki, Sayriddin Tojikiston chempionatining bir qator klublarida to'p tepgani sababli mahalliy jamoalar va muxlislar Gaffarovga yordam ko'rsatish istagi bilan chiqmoqdalar. 

Ayni paytda "Neftchi" jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tojikistonlik Farruh Berdiev ham sobiq o'yinchi haqidagi malumotdan xabar topdi. Natijada "Andijon" klubi matbuot xizmatiga Gaffarov masalasida shunday dedi:

"Men Sayriddin Gaffarovni yaxshi taniyman. Ko'p yillardan beri bilaman. Tojikiston chempionatida "Ravshan" Kulob, "Xosilot-Farxor", "Regar-TadAZ", "Xo'jand" singari klublarda o'ynagan. Aynan 2014 yilda u bilan "Xo'jand" safida birga to'p tepganmiz. U har bir o'ynagan klubida etakchi bo'lgan. 

Gafforovga nisbatan ham inson, ham futbolchi sifatida hurmatim baland. U kuchli o'yinchi bo'lgan, chap oyog'ida kuchli zarbaga ega edi. Kuni kecha Sayriddinni rasmlarini OAV orqali ko'rib juda achindim. Juda yaxshi inson sifatida hurmat qozongan. Bunday kasallikka uchraganini bilmagandik. Sayriddin uchun qo'limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz. 

Tojikistonda Gaffarovni juda ko'plab muxlislari bor. "Ravshan" safida OFK Kubogida ham to'p tepgan. U erda ham futbolchining ko'plab do'stlari bor. SHuning uchun tojikistonlik muxlislar Sayriddinni yaxshi taniydilar. Gaffarovga "Neftchi" jamoasi ham qo'lidan kelganicha o'z yordamini ayamaydi. Sayriddin bilan tez orada aloqaga chiqib, holidan xabar olamiz.

Rosti, Gaffarovni bunday ahvolda ko'rib juda achindim. O'zimiz ham futbol o'ynaganmiz. Ko'nglim ezilib ketdi va ko'zim jiqqa yoshga to'ldi. Tojikistonda uni qo'llab-quvvatlaydigan muxlislari nihoyatda ko'p. Qaerda o'ynagan bo'lsa, o'sha klub rahbarlari hamda futbolchilari barchasi Sayriddinning bugungi holatiga befarq emaslar. Biz tojikistonliklar ham jim qarab turmaymiz", – dedi Berdiev "Andijon" matbuot xizmatiga.


Hisob raqami: 4073 4200 7787 3325 (VISA)

P.S. Tojikistonlik mehri daryo, sahiy, futbol va inson taqdiriga befarq bo'lmaganlar uchun: Dushanbe siti kartasidan O'zbekiston kartasiga xalqaro pul o'tkazmasi.


Xayriya uchun karta raqamlari - 8600 0609 6678 9944 (Komilova Nargiza, UZCARD)

4073 4200 7787 3325 (Sayriddin Gaffarov, HUMO)

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика