So’nggi yangiliklar

09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  4 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  13 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  6 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2

"Sautgempton" - "Tottenxem" 2:2. SHiddatli o'yinda murosa ko'chasi tanlandi Yangiliklar

"Sautgempton" - "Tottenxem" 2:2. SHiddatli o'yinda murosa ko'chasi tanlandi

"Sautgempton" va "Tottenxem" o'rtasidagi Angliya chempionati 34-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Sautgempton" - "Tottenxem" 2:2
Gollar: Pelle 29, 65, Lamela 42, SHodli 70.
"Sautgempton": Devis, Fonte, Bertran, Alderveyreld, Yosida, Mane, Uord-Prouz, Devis, SHnayderlin, Klayn, Pelle.
"Tottenxem": Loris, Devis, Dayer, Fasio, Vertongen, Eriksen, Bentaleb, SHadli, Meyson, Lamela, Keyn.


90+7. Uchrashuv yakunlandi.

90+3. Mane o'z jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab oldi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

87. O'zgarish. Bentaleb o'rniga Soldado.

83. "Sautgempton" futbolchisi to'pni uzoq burchakdagi Pellega tashlab berdi. O'ylangan hujumni Graciano bosh bilan yakunlay olmadi.

82. Mane bir amallab raqib jarima maydonchasi oldida jarima zarbasi ishlab oldi. Uning tinimsiz yiqilishlariga hakam vanihoyat ishondi.

75. Devis o'yinni davom ettira olmaydi. Uning o'rniga maydonga Keykish tushdi.


70. GOOOLLL!!!!!!!! SHODLIIII!!!!!!! O'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib borgan Nosir bir himoyachi qarshisi yonida ham zarba berdi. Gol!

O'ng qanotdan etkazib berilgan to'pni Pelle havoda raiqbdan ustun kelib darvozaga yo'lladi.

65. GOOOOLLLL!!! PELLE!!! Italiyalik futbolchi inglizga gol urdi!!!!! 

62. O'zgarish. ("Satgempton") Uord-Prouz o'rniga Long.

60. "Sautgempton" chap qanot yon chizig'idan to'pni o'yinga kiritdi. Pelle to'pni qabul qilib olib, ochilib borayotgan Manega tashlab berdi. Mane esa Azar uslubida zarba berishga urinib ko'rdi, noaniq.

58. SHODLIII!!!! Nosir o'zining sevimli chap qanotida bir himoyachini ortda qoldirib, to'pni jarima maydonchasiga tashladi. To'p "Sautgempton" himoyachisining oyog'iga tegib darvoza tomon yo'l olgandek ko'rindi, ammo hammasi biz o'ylaganchalik bo'lib chiqmadi. Gol yo'q.


54. Devissss!!!! Devis ikkinchi marta qulay imkoniyatdan zarba berdi va ikkalasi ham noaniq!

51. "Sautgempton" juda chiroyli o'yin ko'rsatmoqda. Bu jamoaning hujumlari tez orada gol bilan yakunlanishi mumkin.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


- Ushba matnli translyaciyaga yangi qo'shilganlarga assalomu alaykum deya o'yinni sharhlashni davom ettiramiz. Futbolchilar maydonga qaytishmoqda.

Lamelaning qo'li bilan urgan golidan so'ng, biz shu usulda gol urgan futbolchilarning esladik.






45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:1.

Birinchi goldagi vaziyat

 
42. GOOLLLL!!!!!!! LAMELAAAAA!!!!!!! Dayer o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi. To'pga "shporlar"ning ikki futbolchisi qarshi chiqdi. Keyn to'pga birinchi bo'lib zarba berdi, ammo yo'nalishi biroz o'zgargan to'pni Lamela qo'li bilan darvozaga to'g'irlab yubordi. Etirozlar yo'q, gol hisobga olindi.

41. ZARBAAA!!!! SHodli chap qanotda bir futbolchini aldab, to'pni jarima maydonchasi chizig'i oldiga tashlab berdi, "shporlar" futbolchisining bergan zarbasi raqib o'yinchisiga tegdi.



31. Sariq kartochka. Vertongen Pellega nisbatan juda qo'pol o'ynadi.

Mane avvaliga bir himoyachidan qochib ketishga harakat qildi, ammo raqib jamoa himoyachisi to'pni undan olib qo'ya oldi. Meyson esa qoqilib tushib to'pni oyog'idan chiqarib yubordi. Pelle himoyachining ortidan to'pga zarba berdi va Loris kutilmagan zarbani faqat nigohlari bilan kuzatib qo'ydi.
29. GOOOOLLL!!!! PELLE!!!!!! QOYILL!

28. Bir daqiqa o'tar-o'tmas yana jamoalar yopiq futbol tarafdori ekanligini isbotlab qo'ydi.

27. Ikkala jamoa ham ochiq o'yin ko'rsatishni boshladi.

25. ZARBAAAAA!!! SHnayderlin jamoadoshi burchakdan etkazib bergan to'pni paslatib darvozaga yo'lladi. Loris o'z jamoasini goldan saqlab qoldi.


22. "Sautgempton" himoyachilar hozircha biror marta Garri Keynga gol urish uchun imkoniyat bergani yo'q.

20. To'pga egalik qilish: 36% - 61%


18. Mezbonlar futbolchisi chap qanotdan erlatib, to'pni "shporlar" jarima maydonchasiga etkazib berdi, ammo bu to'pga hech kim qarshi chiqqani yo'q.
17. "Tottenxem" burchak to'pi ishlab oldi. "SHporlar"ning o'zgacha burchak zarbasini raqib himoyachilari bartaraf etdi.



13. "Tottenxem" va "Sautgempton" CHempionlar ligasida qatnashish uchun kurashsa bo'ladi, chunki ular bu turnirda qatnashishi uchun 64 ochko bilan 4 o'rinda borayotgan "Manchester Siti"ga etib olishlari mumkin.


10. Hozircha o'yin surati juda sust, ikkala jamoa 10 daqiqa ichida birorta xavfli hujum uyushtirgani yo'q.


9. To'purarlar ro'yxatida Garri Keyn ("Tottenxem") va Serxio Aguero ("Manchester Siti") etakchilik qilmoqda. Ularning hisobida 20tadan gol bor.

6. Uchrashuv boshlanishidan oldin mutaxassislar gol aniqlash tizimini sinovdan o'tkazib ko'rishdi. Natijalarga ko'ra, hammasi joyida va bemalol ingliz futbolidan rohatlanishimiz mumkin.


2. Ayni damda APL turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, bu ikki jamoa jadvalda yonma-yon joylashib turibdi. "Tottenxem" 33ta uchrashuvda 57 ochko yig'ib 6 o'rinni egallab turibdi. "Sautgempton" esa 56 ochko bilan 7 o'rinda.


1. Uchrashuv boshlandi.
- Bir daqiqa jimlik yakunlandi va qarsak chalamiz.
30 yil oldin Bredford shahrida "Bredford" o'yinida yong'in bo'lgan edi va ushbu xodisadan halok bo'lganlar uchun 1 daqiqa jimlik saqlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Angliya chempionati tugashiga ham yana bir necha hafta qoldi, ammo Premer-ligada shiddatli uchrashuvlar va kurashlar davom etmoqda.


- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun siz bilan birga "Sautgempton" - "Tottenxem" uchrashuvini kuzatib boramiz. Bu uchrashuvni sizlar uchun Jasur Aslanov sharhlab boradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика