Saul: "Grizmann "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini olishi uchun yana nima qilishi kerakligini bilmayman"
07 sen 2018 18:14
Yangiliklar
Saul: "Grizmann "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini olishi uchun yana nima qilishi kerakligini bilmayman"
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Saul Antuan Grizmann "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini finalchilari safida emasligidan hayron bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, franciyalik forvard so'nggi mavsum Madrid jamoasi bilan Evropa ligasi va UEFA Superkubogi g'olibiga aylandi, Franciya terma jamoasi safida esa jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
"Hayron bo'ldim. To'g'risini aytsam, Grizmann "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini uchligiga kirishi uchun yana nima qilishi kerakligini bilmayman. U joriy yil 3ta sovrin yutdi. "Atletiko" uchun Grizmann bunday nufuzli sovrin olishi muhim" - deydi Saul.
Eslatib o'tamiz, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovriniga Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich, Muhammad Saloh davogarlik qilmoqda.
Fikrlar