So’nggi yangiliklar

10:49АПЛнинг ўртамеёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  3 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  7 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  2 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  12 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  5 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  3 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5

Sardor Sobirxo'jaev: "O'yinning boshida biroz bo'shashib harakat qildik, taktik o'zgarishlardan keyin vaziyatni o'ngladik" Yangiliklar

Sardor Sobirxo'jaev: "O'yinning boshida biroz bo'shashib harakat qildik, taktik o'zgarishlardan keyin vaziyatni o'ngladik"

"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvidan so'ng futbolchi Sardor Sobirxo'jaev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Uchrashuv haqida fikrlaringiz?

- O'yinning boshida biroz bo'shashib harakat qildik. Raqib birinchi taymda yaxshiroq o'ynadi. Bizda vaziyatlar bo'lmadi, ularda esa bo'ldi. Ikkinchi bo'limda murabbiylarimiz taktik o'zgarishlar amalga oshirishdi va o'yin yaxshi tomonga o'zgardi. 

- SHomurodovning maydonga tushgani jamoa azolariga qo'shimcha ishonch bag'ishladi desak bo'ladimi?

- Albatta, albatta. SHomurodov, Masharipov va SHukurov hozirgi davrda terma jamoa liderlari. Ularning birortasi bo'lmasa ham o'yinda biroz muammo bo'lishi mumkin. 

- Keyingi o'yin haqidagi fikringiz?

- Guruhdagi narigi uchrashuv durang bilan yakunlanibdi. Bu esa biz keyingi bosqichga chiqqanimizni anglatadi. Menimcha, murabbiy uchinchi uchrashuvda o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkoniyat bersa kerak. Baribir, Eron terma jamoasi o'z o'yinlarida g'alaba qozonishini taxmin qilsak bo'ladi. 

- Turkmanistondan bu darajadagi qarshilikni kutganmidingiz?

- To'g'risi, yo'q. CHunki biz raqibning oldingi uchrashuvini ko'rdik. Ular Tojikistonga qarshi bunday o'yin ko'rsatmagandi. Birinchi o'yinda Turkmaniston tarkibidagi to'qqizta futbolchi o'ynamagan ekan. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика