So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Sardor Rashidov: "Hozirda keyingi manzilni emas, "Paxtakor"ni o'ylayapman" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Hozirda keyingi manzilni emas, "Paxtakor"ni o'ylayapman"

Ayni paytda faol tarzda Antalyadagi mashg'ulotlarni davom ettirayotgan "Paxtakor" kecha ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Rossiyaning "Ufa" klubi raqiblik qilgan uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. "SHerlar"ning yagona goliga yarim himoyachi Sardor Rashidov mualliflik qildi. Bahs yakuniga etgach bevosita Rashidovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 


- O'yin haqida...

- "Ufa" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdik. Yaxshi o'yin kechdi. Rossiya klubiga qarshi o'z kuchimizni sinab ko'rdik. Hozirda barcha tayyorgarliklar O'zbekiston chempionati va OCHLga qaratilgan. Barcha futbolchilar har tomonlama yaxshi holatga kelishmoqda. 

- Birinchi bo'limdagi harakatlaringizdan jismoniy holatingiz yaxshi ekanligi ko'rindi. So'nggi paytda o'yin amaliyotisiz qolib ketganingizni hisobga olsak optimal formaga kirib olishingiz nima bilan bog'liq?

- Toshkentda "Paxtakor" bilan bir oy juda yaxshi yig'in o'tkazdik. Yangi murabbiy qo'l ostida kerak bo'lsa, uch mahal mashg'ulot olib bordik. Slavche Voyneskining falsafasi bir tomonlama emas, hujumga ham, himoyaga ham etibor beradi. Tartib-intizomga rioya qiladi. 

- Jamoaga kelgan yangi ikki himoyachidan qaysi biri yaxshi taassurot qoldirdi?

- 15 raqamda o'ynagan Kamen chakki taassurot qoldirmadi. Uning tajribasi bizga qo'l keladi. 

- Sardor Rashidov OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etib qaysi manzilni mo'ljallamoqda?

- Hozirda keyingi manzilni emas, "Paxtakor"ni o'ylamoqdaman. Jamoa bilan yaxshi natija ko'rsatmoqchimiz. Bu - O'zbekistonning obro'si, deb o'ylayman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика