So’nggi yangiliklar

10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  0 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  0 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  2 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16

Sardor Rahmonov: “Ramziy terma jamoaga kiraman deb o'ylamagandim” Yangiliklar

Sardor Rahmonov: “Ramziy terma jamoaga kiraman deb o'ylamagandim”

Xabaringiz bor, 14-tur ramziy terma jamoasidan Farg'onaning “Neftchi” klubi himoyachisi Sardor Rahmonov ham joy oldi.
Yangierlik futbolchi yil boshida “Neftchi” mashg'ulotlarida ishtirok etgan, biroq keyinchalik Vadim Abramov uni qaytarib olgandi. Davralar oralig'ida yosh himoyachi baribir “Neftchi” safiga borib qo'shildi. To'g'rirog'i, “Lokomotiv” uni yarim yilga ijaraga berdi. Sardor Rahmonov bilan suhbatlashganimizda ramziy termaga kirishini umuman kutmaganini aytib o'tdi.

-   Sardor, 14-tur ramziy terma jamoasiga kirganing bilan tabriklaymiz.
-   Rahmat. To'g'risini aytsam, kutmagandim. Championat.asia saytini doim kuzatib boraman, bo'sh vaqtim bo'ldi deguncha saytga kirib xabarlarni o'qib turaman. Sayt xodimlari oliy liganing har bir turidan so'ng ramziy terma jamoani tuzib chiqishyapti va buni doim kuzatib kelganman. Lekin o'zim ham kiraman deb o'ylamagandim. “Neftchi” tarkibida endi bitta uchrashuv o'tkazdim, o'yinim yoqqan bo'lsa xursandman.

-   “Buxoro”ga qarshi bahs qanday kechdi?
-   Birinchi taymda har ikkala jamoa bir-birini o'rganishga harakat qildi. Lekin o'yinning ikkinchi bo'limi ancha qiziq o'tdi. “Neftchi”yam bor kuchi bilan harakat qildi, lekin omad biz tomonda bo'ldi.

-   Sen himoyachisan, raqib hujumchilaridan kim tashvish tug'dirdi?
-   Meni bosh murabbiy markaziy himoyada o'ynatdi. Ruslan Melzitdinov bilan tandem bo'lib o'ynadik. Men alohida bir o'yinchini “yopganim” yo'q, shunday bo'lsa-da, Otabek Isroilov yaxshi harakat qildi, shuningdek ularning ikkita legoneri ajralib turdi.

-   “Neftchi”ga moslashib ketishing qiyin kechmagan bo'lsa kerak, har holda mavsum boshida ham borganding?
-   Yo'q, unchalik qiyin kechgani yo'q. Bu erda o'zimni begonadek his qilayotganim yo'q. “Lokomotiv” meni yarim yilga ijaraga berdi, endi farg'onaliklar safida o'zimni ko'rsatmoqchiman.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика