So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Sardor Rahmonov: "Jarohatni dushmanimga ham ravo ko'rmayman" Yangiliklar

Sardor Rahmonov: "Jarohatni dushmanimga ham ravo ko'rmayman"

Teglar :  Sardor RahmonovAGMK
AGMK himoyachisi Sardor Rahmonov O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Andijon"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin qiyin ruhda o'tishini bilardik. O'ylashimcha, "Andijon" Superliga darajasidagi klub sanaladi. Jamoaning kelgusi o'yinlarida omad tilayman.

- AGMK futbolchilarida bazi holatlarda maydonda sirpanish hamda paslarda noaniqliklar kuzatildi. Bu maydon holati bilan bog'liqmi?

- Maydon holati unchalik yaxshi emasdi. Lekin biz ham, raqib ham bir maydonda to'p tepadi. Bu bahona bo'la olmaydi.

- Bazilar sizni juda qo'pol o'yish namoyish etishingizni va buning natijasida jamoangizni ham qiyin holat qoldirishingizni aytishadi. O'zingiz bu holatni qanday baholaysiz?

- Men hech qachon raqibga qasddan qo'pollik qilmayman, sababi, men ham, raqibim ham futbolchi, ikkalamiz ham shu sohaning ortidan pul topamiz va oila boqamiz. Uch marotaba qizil kartochka olgan bo'lsam, qay birini atayin qilgan bo'lishim mumkin. Men jamoam manfaati uchun o'z vazifamni bajaraman. Jarohatni dushmanimga ham ravo ko'rmayman. Jamoatchilikning o'ziga yarasha fikri bo'lishi mumkin. Futbol kurashuvchanlikni talab qiladigan sport turi ekanligini bilasiz. To'g'ri, biroz qattiqqo'ligim bordir, lekin hech qachon birovga jarohat etkazishni o'ylamaganman.

- Kelgusi bosqichda qaysi jamoaga qarshi ro'baro' kelishni xohlaysiz?

- Oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilgan, shu bois, jamoaga qarshi o'ynashimizning ahamiyati yo'q. Kubokning guruh bosqichidan keyin kuchsiz jamoa qolmadi. SHuning uchun, har bir bahsda g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика