Sanjar Tursunovga muxlislar tomonidan suv to'la idish uloqtirilgani uchun "Navbahor" jazolandi – O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarori
13 sen 2023 21:37
Yangiliklar
Sanjar Tursunovga muxlislar tomonidan suv to'la idish uloqtirilgani uchun "Navbahor" jazolandi – O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarori
Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.
Superliga
“Navbahor lochinlari” — OKMK
Superliganing 18-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — OKMK uchrashuvining 79-daqiqasida “Navbahor lochinlari” muxlislari tomonidan futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilgani hamda uloqtirilgan idishlardan biri OKMK klubi futbolchisining boshiga teggani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Navbahor Lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.
Pro liga
“Yunired” — “G'ijduvon”
Pro liganing 15-turi doirasidagi “Yunired” — “G'ijduvon” uchrashuvining 83-daqiqasida “G'ijduvon” jamoasi futbolchisi SHavkat Rahmatov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHavkat Rahmatovga (G'ijduvon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
Pro liganining 14-turi doirasidagi “Aral” — “Lokomotiv” hamda 16-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Lokomotiv” uchrashuv komissarlaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.30-bandida uchrashuv vaqtida futbol klubi rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga texnik zonada futbolchilarga ko'rsatma berish uchun ruxsat etilgan bo'lsa-da, mazkur tartib “Lokomotiv” jamoasi murabbiyi Mirko Elichich tomonidan buzilgani qayd etilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirko Elichichga (Lokomotiv) nisbatan 1 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
Birinchi liga
“Qumqo'rg'on-1977” — “Cementchi”
Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Qumqo'rg'on-1977” — “Cementchi” uchrashuvi yakunlangandan so'ng, “Cementchi” jamoasi futbolchisi Yursunali Topvoldiev yordamchi hakam shaniga haqoratli so'zlar qo'llagani hamda jismoniy kuch ishlatishga harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Yursunali Topvoldievga (Cementchi) nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“Bunyodkor farm” — “SHahrixonchi”
Birinchi liganing 14-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “SHahrixonchi” uchrashuvining 65-daqiqasida “SHahrixonchi” jamoasi murabbiyi Tursunboy Xusanov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Tursunboy Xusanovga (SHahrixonchi) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
U-19 chempionati
“Metallurg U-19” — “Paxtakor U-19”
U-19 chempionatining 15-turi doirasidagi “Metallurg U-19” — “Paxtakor U-19” uchrashuvi yakunlangandan so'ng, “Paxtakor U-19” jamoasi futbolchisi Bobur Abdujabborov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. SHuningdek, “Paxtakor U-19”ning yana bir futbolchisi Muhammadiyor Marifaliev bosh hakamning futbolkasini tortib, futbolchiga xos bo'lmagan xatti-harakat qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Bobur Abdujabborovga nisbatan 3 ta o'yinga, Muhammadiyor Marifalievga nisbatan esa 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“SHo'rtan U-19” — “G'ijduvon U-19”
U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “SHo'rtan U-19” — “G'ijduvon U-19” uchrashuvining 66-daqiqasida “SHo'rtan U-19” jamoasi futbolchisi Oybek Jonibekov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 90-daqiqasida “G'ijduvon U-19” jamoasi futbolchisi SHarifjon Abdumo'minov to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisining son qismini bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Oybek Jonibekovga (SHo'rtan U-19) va SHarifjon Abdumo'minovga (G'ijduvon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“Xorazm U-19” — “Qizilqum U-19”
U-19 chempionatining 16-turi doirasidagi “Xorazm U-19” — “Qizilqum U-19” uchrashuvining 77-daqiqasida “Xorazm U-19” jamoasi futbolchisi Bunyodbek Matrasulov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda qasddan oyog'i bilan raqib o'yinchisini bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuvning 77-daqiqasida “Xorazm U-19” jamoasi futbolchisi Ilyosbek Rahimov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisini qasddan turtib yuborgani qayd etilgan. “Qizilqum U-19” jamoasi futbolchilari Samandar Rahimov, Akmaljon Davronov va Ramazon Robbimov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqibga nisbatan tajovuzkor qasddan harakatlar qilishgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra:
Bunyodbek Matrasulovga (Xorazm U-19) nisbatan 10 ta;
Ilyosbek Rahimovga (Xorazm U-19) nisbatan 3 ta;
Samandar Rahimovga (Qizilqum U-19) nisbatan 5 ta;
Ramazon Robbimovga (Qizilqum U-19) nisbatan 3 ta;
Akmaljon Davronovga (Qizilqum U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“So'g'diyona U-19” — “Neftchi U-19”
U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “So'g'diyona U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 38-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi texnik direktori Anvar Almatov yordamchi hakamning shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Anvar Almatovga (So'g'diyona U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
“Lokomotiv U-19” — “Surxon U-19”
U-19 chempionatining 14-turi doirasidagi “Lokomotiv U-19” — “Surxon U-19” uchrashuvining 63-daqiqasida “Lokomotiv U-19” jamoasi futbolchisi Kamronbek Ergashev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Kamronbek Ergashevga (Lokomotiv U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
Ayollar oliy ligasi
“Metallurg W” — “So'g'diyona W”
Ayollar oliy ligasining 18-turi doirasidagi “Metallurg W” — “So'g'diyona W” uchrashuvining 87-daqiqasida “Metallurg W” jamoasi futbolchisi Nozima Qosimbekova bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Nozima Qosimbekovaga (Metallurg W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
Ayollar birinchi ligasi
“Aral W” — “Xorazm W”
Ayollar birinchi ligasining 8-turi doirasidagi “Aral W” — “Xorazm W” uchrashuvining 73-daqiqasida “Xorazm W” jamoasi futbolchisi Barchinoy Eshmuratova raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Barchinoy Eshmuratovaga (Xorazm W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
“Dinamo W” — “Andijanka W”
Ayollar birinchi ligasining 8-turi doirasidagi “Dinamo W” — “Andijanka W” uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Dinamo W” jamoasi futbolchisi Aziza Useinova bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.
Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Aziza Useinovaga (Dinamo W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar