So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Sanjar SHoahmedov: "Abdujalilov dastlabki ikkita golni qaytarsa bo'lardi, uchinchi golda esa nima bo'lganini barcha ko'rdi" Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: "Abdujalilov dastlabki ikkita golni qaytarsa bo'lardi, uchinchi golda esa nima bo'lganini barcha ko'rdi"

Oliy liganing 3-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Neftchi" (4:0) o'yinidan so'ng mezbonlar azosi Sanjar SHoahmedovning uchrashuv haqidagi fikrlarini so'radik.


"Bizga uch ochko juda zarur edi. "Neftchi"ga qarshi bahs qiyin kechishini kutgandik. Biz uch ochko ilinjida maydonga tushgandik. "Sepaxon"ga qarshi o'yin oldidan munosib tayyorgarlik va g'alaba bizga juda kerak edi. Maqsadimizga erishdik. O'ylaymanki, bugungi bahsda muxlislarga manzur keladigan futbol namoyish etdik. Yanada muhimi esa chempionatdagi ketma-ket uchinchi g'alabani rasmiylashtirdik. Bu esa quvonarli holat. "Neftchi" himoyaviy o'yinga tayyorgarlik ko'rib maydonga tushgandi. Bizning kiritgan golimiz ularni rejasini buzib yubordi va raqib oldinga o'tishga majbur bo'ldi. Bu esa bizga yanada qo'l keldi. Raqib darvozaboni? Albatta o'tkazib yuborilgan dastlabki ikkita golni olsa bo'lardi. Birinchisida to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, ikkinchi golda esa qo'llari orasidan to'pni ushlolmay qoldi. Uchinchi golda esa hamma ko'rdi nima bo'lganini. To'pga chiqishda xato o'ynadi va hisob yiriklashtirildi. Balki bu kiper "Loko"ga qarshi o'yinga kerakli darajada tayyorgarlik ko'rmagandir, balki hayajonlangandir. Umuman olganda Abdujalilov qo'lidan kelgancha o'z darvozasini qo'riqladi.  CHempionlik? Oldimizda barcha frontda muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo'yilgan. SHu bois bir maqsad yo'lida birlashib, vazifalarni bajarishga harakat qilamiz. Hozircha hammasi yaxshi ketmoqda", - dedi Sanjar SHoahmedov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика