So’nggi yangiliklar

15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  0 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  37 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  0 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  2 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  7 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  38 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

SANIX xalqaro kubogi. O'zbekiston U-17 yarim finalda mag'lub bo'ldi va 3-o'rin uchun o'ynaydi Yangiliklar

SANIX xalqaro kubogi. O'zbekiston U-17 yarim finalda mag'lub bo'ldi va 3-o'rin uchun o'ynaydi

Yaponiyada bo'lib o'tayotgan SANIX xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etayotgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi bugun yarim final uchrashuvini ham o'tkazib, unda Yaponiyaning “Funbashi” klubiga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

17 mart kuni start olgan ushbu turnir guruh bosqichida Ahmadjon Musaev boshchiligidagi 1999 yilda tavallud topgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoa Yaponiya U-17, Janubiy Koreya U-17 hamda Pekin-U17 terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgandi. Musobaqada shuningdek, Yaponiya mahalliy klublarining 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar jamoalari ham ishtirok etmoqda. 16 ishtirokchi jamoa 4tadan 4 guruhga bo'linib, bahslarni o'tkazdi.

O'zbekiston U-17 dastlabki uchrashuvni Yaponiyaga qarshi o'tkazib, 0:0 hisobidagi durang natija qayd etdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra duarng bilan yakunlangan asosiy vaqtdan so'ng, penaltilar seriyasi o'tkazildi va unda yaproniyaliklar g'alabani qo'lga kiritdi - 5:3.

17 mart kunining ikkinchi yarmida ushbu musobaqa doirasida jamoalar ikkinchi uchrashuvlarini o'tkazishdi. Unda Ahmadjon Musaev boshchilik qilayotgan jamoa Pekin o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi

18 mart kuni esa turnirning navbatdagi uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ahmadjon Musaev jamoasi 3-tur o'yinlari doirasida Janubiy Koreyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv asosiy vaqtida g'olib aniqlanmadi va turnir reglamentiga ko'ra penaltilar seriyasi o'tkazildi. Unda o'zbekistonliklar 6:5 hisobida g'alaba qozondi.

Takidlash kerakki, musobaqa reglamentiga ko'ra, o'yinning asosiy vaqtida g'alaba qozongan jamoaga 4 ochko, asosiy vaqtda mag'lub bo'lgan jamoaga 0 ochko, penaltilar seriyasi bo'yicha g'alaba qozongan jamoaga 2,5 ochko, penaltilar bo'yicha mag'lub bo'lgan jamoaga 1,5 ochko beriladi.

SHu tariqa, O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichida 8 ochko jamg'arib, keyingi bosqichga yo'l olgandi.

CHorak finalda O'zbekiston U-17 Yaponiya mahalliy klublaridan biri – “Omiya Ardija” bilan to'qnash keldi. Ushbu uchrashuv 2:1 hisobida Musaev boshchilik qilayotgan jamoa g'alabasi bilan yakun topdi.

Yarim final bahsida esa o'zbekistonliklardan Islom Kenjaboev (32) hamda Boburjon Asqarov (38) o'z hisobiga gol yozib qo'yishdi. Biroq O'yinning 32-daqiqasida Muhammad-Yusuf Abdumajidov maydondan chetlatilgach, O'zbekiston U-17 o'yinni 10 nafar futbolchi bilan davom ettirishiga to'g'ri keldi. Yakunda yapon klubi uch bora Umidjon Ergashev qo'riqlagan darvozani ishg'ol qilib, g'alabani qo'lga kiritdi va finalga yo'l oldi.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi esa 20 mart kuni uchinchi o'rin uchun bo'ladigan uchrashuvda ishtirok etadi.

SANIX xalqaro kubogi.

O'zbekiston U-17 – “Funbashi” U-17 (Yaponiya) 2:3

Gollar: Islom Kenjaboev (32), Boburjon Asqarov (38)

O'zbekiston U-17:12. Umidjon Ergashev, 2. Burxon Usmonov, 3. Ilhomjon Alijonov 5. Xudoyshukr Sattorov, 6. DostonbekBerdiqulov, 7. Boburjon Asqarov, 8. Jahongir Ahmedov, 15. Islom Kenjaboev, 16. Suxrob Izzatov,17. Afzaljon Xolmuhamedov, 19. Muhammad-Yusuf Abdumajidov.

Zaxira:1. Akrom Xo'jaev, 4. Otabek Bekboev, 9. Kamron Saidazimov, 10. Zokirjon Ahmadjonov, 11. Jahongir Abdualomov, 13. Abdullo Rahimjonov, 14. Jasur Rahimov, 18. Doniyor Azizov,21. Javohir Qilichev.

CHetlatish: Muhammad-Yusuf Abdumajidov (32)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика