So’nggi yangiliklar

14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  0 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  0 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  2 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  6 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  34 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  18 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  6 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1

SANIX xalqaro kubogi. O'zbekiston ikkinchi va uchinchi o'yinlarda g'olib bo'ldi Yangiliklar

SANIX xalqaro kubogi. O'zbekiston ikkinchi va uchinchi o'yinlarda g'olib bo'ldi

Teglar :  O'zbekiston U-17
Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyadagi xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etmoqda.

1999 yilda tavallud topgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoa SANIX xalqaro kubogi turniridagi isht irokini 17 mart kuni boshladi. Ushbu turnirda O'zbekiston bilan bir guruhdan Yaponiya U-17, Janubiy Koreya U-17 shuningdek Xitoy poytaxti Pekin shahri sport maktablari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan Pekin U-17 terma jamoasi o'rin olgan.

Boshqa guruhlarda esa Yaponiya mahalliy klublarining 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan jamoalari o'rin olgan. Musobaqada jami 16ta jamoa ishtirok etmoqda.

O'zbekiston U-17 dastlabki uchrashuvni Yaponiyaga qarshi o'tkazib, 0:0 hisobidagi durang natija qayd etdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra duarng bilan yakunlangan asosiy vaqtdan so'ng, penaltilar seriyasi o'tkazildi va unda yaproniyaliklar g'alabani qo'lga kiritdi - 5:3.

Janubiy Koreya va Pekin o'rtasidagi o'yin koreyslarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

17 mart kunining ikkinchi yarmida ushbu musobaqa doirasida jamoalar ikkinchi uchrashuvlarini o'tkazishdi. Unda Ahmadjon Musaev boshchilik qilayotgan jamoa Pekin o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrshuvdagi yagona golni o'yinning 68-daqiqasida Jahongir Ahmedov kiritdi.

Yaponiya esa Janubiy Koreya o'smirlari ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

SANIX xalqaro kubogi

O'zbekiston U-17 - Pekin U-17 1:0

Gol:
Jahongir Ahmedov (68)

O'zbekiston U-17:1. Akrom Xo'jaev, 4. Otabek Bekboev, 5. Xudoyshukr Sattorov, 6. Dostonbek Berdiqulov, 7. Boburjon Asqarov, 8. Jahongir Ahmedov,10. Zokirjon Ahmadjonov, 11. Jahongir Abdualomov, 15. Islom Kenjaboev, 17. Afzaljon Xolmuhamedov,21. Javohir Qilichev.

Zaxira: 12. Umidjon Ergashev, 2. Burxon Usmonov, 3. Ilhomjon Alijonov 9. Kamron Saidazimov, 13. Abdullo Rahimjonov, 14. Jasur Rahimov, 16. Suxrob Izzatov, 19. Muhammad-Yusuf Abdumajidov18. Doniyor Azizov

18 mart kuni esa turnirning navbatdagi uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ahmadjon Musaev jamoasi 3-tur o'yinlari doirasida Janubiy Koreyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv asosiy vaqtida g'olib aniqlanmadi va turnir reglamentiga ko'ra penaltilar seriyasi o'tkazildi. Unda o'zbekistonliklar 6:5 hisobida g'alaba qozondi.

Guruhdagi boshqa o'yinda esa Yaponiya U-17 Pekin o'smirlarini 8:1 hisobida mag'lub etdi.

Takidlash kerakki, musobaqa reglamentiga ko'ra, o'yinning asosiy vaqtida g'alaba qozongan jamoaga 4 ochko, asosiy vaqtda mag'lub bo'lgan jamoaga 0 ochko, penaltilar seriyasi bo'yicha g'alaba qozongan jamoaga 2,5 ochko, penaltilar bo'yicha mag'lub bo'lgan jamoaga 1,5 ochko beriladi.

SHu tariqa, O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichida 8 ochko jamg'arib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Guruh g'olibi esa Yaponiya U-17 terma jamoasi bo'ldi. Ular 10,5 ochko jamg'argan.

Turnir doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar ertaga, 19 mart kuni bo'lib o'tadi.

SANIX xalqaro kubogi

Janubiy Koreya U-17 - O'zbekiston U-17 0:0 (5:6 – pen.)

O'zbekiston U-17
: 12. Umidjon Ergashev, 6. Dostonbek Berdiqulov, 7. Boburjon Asqarov, 8. Jahongir Ahmedov, 9. Kamron Saidazimov, 14. Jasur Rahimov, 15. Islom Kenjaboev, 16. Suxrob Izzatov, 17. Afzaljon Xolmuhamedov, 18. Doniyor Azizov, 19. Muhammad-Yusuf Abdumajidov

Zaxira: 1. Akrom Xo'jaev, , 2. Burxon Usmonov, 3. Ilhomjon Alijonov, 4. Otabek Bekboev, 5. Xudoyshukr Sattorov, 10. Zokirjon Ahmadjonov, 11. Jahongir Abdualomov, 13. Abdullo Rahimjonov, 21. Javohir Qilichev.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика