So’nggi yangiliklar

07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  3 07:22Бугун ФИНАЛ  4 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   5 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  13 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  7 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  5 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  63 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  3 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0

Samvel Babayan: "Yumshoq qilib aytganda, biz bugun ko'rsatgan o'yin darajasidan hafsalam pir bo'ldi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Yumshoq qilib aytganda, biz bugun ko'rsatgan o'yin darajasidan hafsalam pir bo'ldi"

O'zbekiston Kubogi 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Xayrli kech. Birinchi navbatda, qayd etib o'tishim kerakki, 3-tur oldidan guruhdan chiqish vazifasini uddalab bo'lgandik. Biz kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganlarga imkon berishni lozim topdik va bu orqali zaxiramizning haqiqiy kuchini bilib olmoqchi bo'ldik. Ko'rindiki, zaxiramiz u qadar kuchli emas. Biz sifat bo'yicha qoniqish hosil qilmadik va kuchayishimiz kerakligini tushundik. Kubok musobaqasi qisqa muddatli turnir. O'ziga yarasha xarakter talab qiladi. Yosh hujumchimiz (SHodiyor SHodiboev – tahr.) rasmiy o'yinda "Navbahor" uchun ilk bor gol urgani xursand qildi. O'yinni tahlil qilamiz va keyingi uchrashuvga hozirlik ko'ramiz.

- Siz bunday tarkibni maydonga tushirib, zaxira o'yinchilariga va "Dinamo"ga guruhdan chiqish uchun imkon berdingiz. "Dinamo" yutolmadi va "Andijon" so'nggi daqiqalarda gol urib, pley-offga chiqdi. Bu haqiqiy "o'lim guruhi" edi...

- Darhol to'g'rilab ketaman. Biz "Dinamo"ga imkon bermadik. Zaxira futbolchilarimiz maydonga tushgach, "Navbahor" sharafini munosib himoya qilishlari kerak. Ular mashg'ulotlarda va o'yinga hozirlik ko'rish chog'ida yuqori darajali teoritik tayyorgarlikdan o'tishadi. Yumshoq qilib aytganda, biz bugun ko'rsatgan o'yin darajasidan hafsalam pir bo'ldi. Biz, avvalo, "Dinamo" emas, "Navbahor"ning kelajagi haqida o'ylagandik. Biz og'ir mavsum o'tkazayotganimizni hisobga olsak, ikki musobaqada ham yuqori maqsadlarni oldimizga qo'yganmiz. Bizda diskvalifikaciyalar, jarohatlar ro'y beradi. Fakt shundaki, "Navbahor" o'yinini kuchaytiradigan zaxiraga ega emasmiz. Kubok uchrashuvlariga kelsak, birinchi matbuot anjumanida aytganimdek, guruh g'olibiga sovrinni topshiraverish kerak edi (kuladi). Biz birinchi o'rinni olganimizdan xursandmiz. Maqsadimizga erishdik.

- Kubok musobaqasining joriy formatini qanday baholaysiz?

- Birinchi liganing ko'plab jamoalari musobaqada qatnashgani futbolni ommalashtirishga xizmat qiladi. Keyingi yillarda to'rtta kuchli jamoaning bir guruhga tushib qolishini inobatga olish kerak deb o'ylayman. Agar biz Birinchi liga jamoasiga qarshi o'ynasak, haqiqiy anshlag bo'lardi, xuddi o'tgan yilgidek. Biz o'shanda Nukusga borgandik. Bu haqiqiy futbol bayrami edi, shuncha yil futbolda ishlab, Nukusda bo'lmagandim. "Olimpiya" jamoasiga qarshi ham o'ynagandik. O'sha o'yindan keyin bir futbolchini o'zimizga jalb qildik. Bu – selekcion ish. Ha, u o'zimizni o'yinchi va ijarada edi. U bizning darzovamizni ishg'ol qilgan va uning o'yini menga manzur kelgandi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика