So’nggi yangiliklar

18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  0 18:10Суперлига. "Шўртан" - "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  12 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   36 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  15 17:10Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Қодисия" - "Ал Аҳли" (онлайн ҳисоб)  3 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  11 16:20Акинфеевга замонавий спорт журналистикаси ёқмаяпти  0 15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  14 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  3 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  7 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3

Samvel Babayan: "Ikki ochkoni yo'qotdik" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ikki ochkoni yo'qotdik"

OCHL 2-tur doirasidagi "Al SHabab" - "Paxtakor" (2:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Bugun qo'limizda turgan g'alabani boy berdik. Yutib turib ham  yaxshi imkoniyatlarga ega bo'layotgan edik. Lekin birgina himoyadagi xato bizga kimmatga tushdi. Raqib qarshi hujumda bizni jazoladi. O'yindan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, ikki  ochkoni yo'qotdik", - dedi Samvel Babayan.


- Ikki yil avval SHibamura xuddi shunday xatolari uchun zaxiraga o'tkazilgan edi. Adnan ham shunga munosibdek?

- Adnan bugun xato qildi. Lekin bu o'yin jamoaning mavsumdagi ikkinchi rasmiy uchrashuvi ekanligini unutmaylik. Adnanga umid bildirib turamiz. Oraxovac har ikkala bahsni ham OCHL doirasida o'tkazdi. SHuningdek, bugun himoyada Merzlyakov ham, Hoshimov ham xatolarga yo'l qo'yishdi. Ulardan tabiiyki bunaqangi xatolarni kutmagan edim. Agar jamoaning asosiy futbolchilari bunaqangi xatolarni qilsa, bu albatta jamoa uchun juda qiyin.


- Birinchi bo'limda hujum emas, himoyaga etibor qaratildi. Birinchi taymda ham ikkinchisi kabi hujumkor o'ynash mumkinmidi?

- Birinchi taymda raqibni to'lik o'rganishga harakat qildik. Har holda bu OCHL. Boshidanoq hujumga o'tib qiynalib qolish mumkin. "Al SHabab" Saudiyada o'z o'rniga ega jamoa. Biz hali uchrashuv boshidanoq o'yin tizginini ko'lga olishga tayyor emasmiz va bunga bosqichma-bosqich chiqib boramiz.


- Iskanderov ham asosan ikkinchi bo'limda o'ynadi, keyin zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar haqida ham gapirib o'tsangiz?
- Jamshid Iskanderovga jamoa nomidan rahmat aytamiz. Ikki kundan beri issig'i chiqib, shamollagan bo'lishiga qaramay maydonga tushishini aytdi. Xarakter ko'rsata olganligi uchun ham unga rahmat. Haqiqatdan ham ikkinchi bo'limda u yaxshi o'ynadi. Sohibov va Masharipovni o'yinni kuchaytirish uchun tushirdik. Bahodir Pardaev esa so'nggi daqiqada tushdi va unga o'zini ko'rsatish uchun vaqt etmadi. Bu ko'proq taktik o'zgarish bo'ldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика