So’nggi yangiliklar

20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  2 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  1 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  6 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  10 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  11 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  15

Samvel Babayan: "Hakamlik haqida gapirsak, gap tugamasligi mumkin" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Hakamlik haqida gapirsak, gap tugamasligi mumkin"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Samvel Babayan fikrlarini bildirib o'tdi.


- O'yin haqida 

- O'ylaymanki, o'yin hech kimni befarq qoldirmadi. Jiddiy raqibga qarshi bahs olib bordik. Afsuski, mag'lub bo'ldik. Raqibga omad kulib boqdi. Ikkita vaziyat va ikkita gol. G'alaba qozonish uchun ko'p vaziyatlar yaratdik. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat aytaman. Muxlislarni ranjitdik. Xatolarni to'g'rilab, vaziyatni o'nglashga urinamiz. Boshqa bunday holatga tushmaslikka harakat qilamiz. Umuman olganda, bugun 3 ochko olishimiz kerak edi. Bu – futbol. SHunchaki omad kelmadi.

- Ahrol Risqullaev boshqargan o'yinlarda ko'pincha o'ynashga qo'yib bermaydi. Bu bo'yicha qanday fikrdasiz?

- Hakamlik haqida gapirsak, gap tugamasligi mumkin. Hakamlar qo'mitasi, o'yin nazoratchisi bor. Raqib tomonidan vaqt cho'zishlar ko'p bo'ldi, bu holatga hakam zudlik bilan aralashib, chora ko'rishi kerak edi. Hakamlikni muhokama qilmoqchi emasman.

-  "Navbahor"da zarba berish juda kam. Tepadigan o'yinchi yo'qmi yoki bu sizning topshirig'ingizga bog'liq holatmi?

- Zarbani har qanday nuqtadan har bir futbolchi yo'llashi mumkin. Kubok o'yinini eslasangiz kerak, Iskanderov uzoq masofadan darvozani ishg'ol qilgandi. Hammasi vaziyatlarga bog'liq. To'g'ri, bugun uzoq masofadan berilgan zarbalar kam bo'ldi. 

- "Navbahor" mag'lub bo'lganining asosiy sababi nimada?

- Asosiy sabab – diqqat-etiborni yo'qotganimiz. Keyin fantastik tarzda urilgan ikkinchi golni alohida aytish joiz. O'ylaymanki, 1000 ta shunaqa zarbadan faqat 1 tasi gol bo'lgan bo'lardi. Biz yaqqol vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Afsuski, rostakamiga omad kelmadi.

- Tarkibda rotaciyaga qo'l urish vaqti kelgandir...

- Taktik tayyorgarlik, raqib va futbolchilarimizning holatidan kelib chiqib ish tutamiz.

Reyting: -51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика