So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  2 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Samvel Babayan: "G'alabadan barchamiz xursandmiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "G'alabadan barchamiz xursandmiz"

O'zbekiston - Yaman uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"O'ylashimcha o'yin muxlislarga quvonch bag'ishladi. Barchamiz xursandmiz, debyut o'yinimizda g'alaba qozondik. Hozirgi kunda Osiyoda barcha futbol o'ynashni o'rganib olganini aytgandim. Hali yigitlar yangi o'yin stilini tushunib olishgani yo'qligi ko'rindi. Umuman olganda bugungi g'alabadan xursandmiz, yigitlarga rahmat aytaman", - deydi Samvel Babayan.

- Jasur Hasanov bugun zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytira oldi, keyingi o'yinda u asosiy tarkibda tushishi mumkinmi? Islom To'xtaxo'jaevning o'ng qanot himoyachisi emasligi bilinib qoldi.

- Filippinga qarshi o'yin uchun tarkibni o'yin arafasida tanlaymiz. O'sha kuni tayyor bo'lgan futbolchi maydonga tushadi. To'g'ri To'xtaxo'jaev balki hujumga kam o'tgandir, ammo uning tajribasi tufayli maydonga tushirdim. Keyingi o'yindan oldin albatta bugungi o'yinni ko'rib chiqamiz va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Jamoa tezkor hujumga o'tishni o'rniga bir birlariga ko'p to'p uzatishdi, uzun dioganallar kam bo'ldi.

- Bugun ko'pchilik o'yinchilar uchun terma jamoadagi ilk o'yin edi. Ko'pchilik hayajonlandi. Keyingi o'yinlarda yanada hujumkorroq o'yin namoyish etamiz.

- Bugun Sardor Rashidovning harakatlaridan qoniqdingizmi?

- Hozircha tarkibimizda eng qiyini Rashidovga, chunki u ikki oydan buyon rasmiy o'yinda maydonga tushmagan. Ammo bugun Rashidov barcha umidlarimni oqladi, u nafaqat hujumda, balki himoyada ham o'ynadi.

- Sanjar Tursunovni nima uchun maydonga tushirishdan maqsadingiz nima edi? Maqsadingizga etdingizmi?

- Tursunov xorijda o'ynayotgan tajribali legionerlarimizdan biri hisoblanadi. Uning "Vorskla" klubida o'tkazgan o'yinlarining barchasini kuzatib boramiz. SHunchaki u Toshkentga kech etib kelgani uchun ham jamoaga qo'shilib keta olmadi.

- Siz o'yindan oldin bu tarkibni eng kuchli deb atadingiz, bugungi o'yinga qarab bunday deb bo'lmaydi...

- Balki o'zaro tushunish jihatidan ular ko'p xato qilishgandir, ammo bugun tarkibda eng kuchli futbolchilar yig'ilgan deb hisoblayman.

- Yaman guruhdagi eng kuchsiz jamoa ekani ko'rinib qoldi, keyingi o'yinlarda kimlar evaziga o'yinni kuchaytirmoqchisiz?

- Biz zaxiradan futbolchi qidirish emas, bor futbolchilarning o'yinini kuchaytirishimiz kerak. Nasib qilsa keyingi bahslarda yana g'alaba bilan barchani xursand qilamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика