So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:1 (матнли трансляция)  31 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Samvel Babayan: "Ertaga "Paxtakor" uchun bu yildagi eng muhim o'yin bo'ladi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ertaga "Paxtakor" uchun bu yildagi eng muhim o'yin bo'ladi"

OCHL 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al SHabab" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan qatnashdi.
Unga Jaloliddin Masharipov hamrohlik qildi.

"Ertaga bizni juda ham muhim o'yin kutib turibdi. Anchadan buyon pley-offga chiqa olmayapmiz. Hozircha imkoniyatimiz borligidan xursandman. Ertaga o'zimiz uchun kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. Raqibning guruhda chiqa olmasligi aniq bo'lgan. Bizga esa g'alaba zarur. Bunday vaziyatda raqibga osonroq bo'ladi. Lekin yurtimiz va klubimiz shanini munosib himoya qilishga harakat qilamiz", - deydi Babayan.

"Juda og'ir va qiyin uchrashuv oldimizda turibdi. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi", - deydi Masharipov.

- Jamoa bir qator qiyin o'yinlardan keyin jamoa o'ziga kela oldimi?

- Tiklanish borasida hech qanday muammo yo'q. Lekin jarohat olgan futbolchilar tufayli muammo bor.

- Egor Krimecning maydonga tushmasligi jamoaga qanchalik tasir qiladi?

- Krimec jamoamizning muhim o'yinchilaridan biri. Diskvalifikaciyasi tufayli maydonga tusha olmaydi. Biroq vaziyat shunday ekan boshqa futbolchilar bilan o'ynaymiz.

- Ertangi o'yindan oldin muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
- Ertaga 2015 yilda "Paxtakor" uchun eng muhim o'yinlardan biri bo'lib o'tadi. SHu sabab barcha muxlislardan ertaga stadionga kelib shonli jamoamizni qo'llab turishlarini so'rab qolardim. Biz ertaga faqat klub emas O'zbekiston uchun o'ynaymiz.

Jaloliddin Masharipov - "Al SHabab"ga qarshi muhim o'yin bor. Kelinglar bizni qo'llab quvvatlanglar, biz g'alaba uchun oxirigacha kurashamiz.


Narzulla Saydullaev 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика