So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  1 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Samvel Babayan: "CHempionat qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechishini taxmin qilish qiyinmas" Yangiliklar

Samvel Babayan: "CHempionat qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechishini taxmin qilish qiyinmas"

Xabaringiz bor, kecha – 11 fevral kuni Coca-Cola Superliganing 2022 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

Unga ko'ra, “Navbahor” dastlabki tur o'yinini Namanganda Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi o'tkazadigan bo'ldi. SHu munosabat bilan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan qura haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Kimga qaysi jamoa raqib bo'lishi, mavsumni qaysi jamoaga qarshi boshlash muhim emas, baribir, barcha ishtirokchilar “uy-safar” tizimida o'zaro ikkitadan o'yin o'tkazishadi. Qura 1-turda bizga “Nasaf”ni ro'baro' qildi. Bu chempionatimizning o'ziga xos xususiyatlarga ega, kuchli jamoalaridan biri, qarshiliklar so'nggi yillarda barqaror natijalarga erishib kelishmoqda. Asosiysi, arenalarga katta futbol qaytmoqda va muxlislar sevimli jamoalari o'yinidan bahramand bo'lishlari mumkin. Bilaman, eng samimiy va fidoyi ishqibozlarimiz mavsumning dastlabki rasmiy uchrashuvini intizorlik bilan kutishmoqda. Superliga jamoalarining tarkiblarini sezilarli kuchaytirishayotgani, mavsum tayyorgarliklari qizg'in kechayotganidan kelib chiqsak, chempionat qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechishini taxmin qilish qiyinmas. Barchamiz futbol bayrami boshlanishini kutyapmiz", - dedi Samvel Babayan.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика