Samvel Babayan: "Har xil uslub va taktikalarimiz bor"
14 apr 2023 23:33
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Har xil uslub va taktikalarimiz bor"
“Turnir jadvalida qanday o'rinda borayotgan bo'lsalar ham, bu ikki jamoa o'rtasidagi bahslar doim shunday kurashlarga boy kechadi. Bugun ham shunday qiziqarli va keskin o'yin ko'rdik. Oldingi o'yinlardagi qoniqarsiz natijalardan keyin bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Muxlislarga bundan boshqa natija qiziq emas edi. Ularni xursand qilmasak bo'lmas edi. Bu ularning g'alabasi va hissasi”, - dedi Babayan.
“Jamoamizda ikki nafar yaxshi hujumchimiz bor. Vaziyatdan, raqibdan kelib chiqib ikkisini birgalikda maydonga tushirishimiz mumkin. Har xil uslub va taktikalarimiz bor. Baxtimizga jamoada yuqori saviyadagi ikki nafar hujumchimiz bor”.
“Raqibning o'yinini ko'rib o'z uslubi va murabbiy imzosiga ega klub ekanini ayta olaman. Bu jamoa hali o'z so'zini ayta oladi. Jamoa bizga qarshi kuchli o'ynadi”.
“Avvalgi uchrashuvlardagi o'yin bilan bog'liq inqirozni engib o'tgani uchun futbolchilarga rahmat. Ular bugun g'alaba qozonish uchun borlarini berib o'ynashdi. CHempionat endi boshlandi va hali hammasi oldinda”.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar