Saloh Ramosning gaplariga javob berdi
09 iyu 2018 17:19
Yangiliklar
Saloh Ramosning gaplariga javob berdi
Eslatib o'tamiz, Saloh "Qirollik klubi"ga qarshi CHempionlar ligasi final bahsida (1:3) Ramos bilan kurashdan so'ng, qo'lidan jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Keyinroq ispaniyalik himoyachi ushbu kurashda "Liverpul" futbolchisi birinchi bo'lib uning qo'lini ushlab olgani haqida aytdi.
"Ramos so'zlari? Bu kulgili. Sizni yig'lashga majbur qilgan inson kuldira boshlasa, bu yoqimli. Balki u jahon chempionatiga tayyor bo'lishim haqida aytib berar? U menga xabar yubordi, biroq hech qachon unga hammasi joyida demaganman. Hammasi qoida doirasidamidi? Bilmayman.
Yiqilganimda, jismoniy og'riq va havotir tuyg'ulari aralashib ketdi. Undan so'ng alam va g'azab paydo bo'ldi. Biroq endi yaxshiman. Urugvayga qarshi ilk o'yinda maydonga tushishga umid qilyapman. Hammasi o'zimni qanday his qilishimga bog'liq" - deydi Saloh.
Fikrlar